О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Materiallarni kesish jarayoning fizikaviy asoslari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

17.1. Materiallarni kesish jarayoning fizikaviy asoslari 
Reja: 
1. Qirindi turlari va uning hosil bo‟lish jarayoni. 
2. Qirindining kirishuvi. 
3. Ishlangan yuza qatlamining puxtalanishi. 
4. O‟simta va uning kesish jarayoniga ta„siri. 
5. Kesish jarayonida hosil bo‟ladigan issiqlik hodisalari.
6. Kesuvchi asboblarning yeyilishi va yeyilishning yo‟l qo‟yiladigan qiymatlari. 
7. Moylash – sovutish suyuqliklari. 
8. Metallarni kesib ishlashda vujudga keladigan titrashlar. 
9. Kesish jarayoni elementlarining yuza g‟adur – budurligiga ta„siri. 
 
Adabiyotlar: 8, 2, 1 , 6, 3, 4. 
Tayanch iboralarnarost, strujka, naklyop, freza, faska, SMAD, obdirka, opravka, support.
 
1. Qirindi turlari va uning hosil bo’lish jarayoni 
Qirindi hosil bo‟lish nazariyasini jaxonda birinchi bo‟lib prof.I.A.Time 1870 yilda o‟rgandi. 
Uning kuzatishlari va xulosalari hozirgi vaqtgacha ham o‟z ahamiyatini yo‟qotgan emas. 
Qirindi hasil bo‟lish jarayoni amaliy jixatdan juda katta ahamiyatga ega yo‟nilayotgan yuzaning 
sifati, kesuvchi asbobning yeyilishi va yo‟nib olinadigan qirindining xajmi qirindi hosil bo‟lish 
jarayoniga bog‟liq. Agar yo‟nilayotgan zagatovkaga keskich Р kuch ta„siri ostida botirilsa, 
metall zarralari siqila boshlaydi.


43-rasm 
Qirindi keskichning oldingi yuzasi bilan A – A tekislik orasiga siqiladi (43-rasm). Bu tekislik 
yorilish tekisligi deb ataladi. 
Kesish yuzasiga o‟tkazilgan urinma bilan yorilish tekisligi orasidagi burchak yorilish burchagi 
deb ataladi. (ψ = 140...165
0
С ga teng bo‟ladi). 
Ya.G.Usachev qirindi elementlari A – A tekislik bo‟ylab yorilish bilan birga, metall 
zarrachalari siljish (sirpanish) tekisligi В – В bo‟ylab surilishi ham mumkinligini metallografik 
usulda aniqlagan. Agar metall zarralarini siquvchi kuch shu zarralarning tishlashish kuchidan 
katta bo‟lsa, tekisliklar bo‟ylab siljiydi va kirindi ajraladi. Demak, qirindi metallni kesish 
jarayonida ayrim elementlarning birin-ketin siljishi natijaisda hosil bo‟ladi. 
Qirindining ichki tuzilishi asosiy metallning tuzilishiga nisbatan o‟zgaradi. Siljish tekisligi В – 
В bilan yorilish tekisligi A – A orasidagi burchak siljish burchagi deb ataladi. (β
1
). Bu 
burchakning qiymati 0
0
dan 30
0
gacha yetadi va kesish sharoiti bilan yo‟nilayotgan metallga 
bog‟liq bo‟ladi. Metall qanchalik qovushoq bo‟lsa, β
1
, burchak shunchalik katta va aksincha, 
metall qanchalik mo‟rt bo‟lsa, β
1
shunchalik kichik bo‟ladi (masalan, cho‟yan uchun β
1
ning 
qiymati 0 ga yaqinlashadi). 
Metallarni kesish jarayonida uch xil qirindi hosil bo‟ladi: 
1. Uvoq qirindi
2. Siniq qirindi; 
3. Tutash – (yaxlit) qirindi. 
Yo‟niladigan metall qattiqligining, qatlam qalinligining va kesish burchagining ortishi bilan 
tutash qirindi siniq qirindiga, siniq qirindi esa uvoq qirindiga aylana boradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin