О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

2. Qirindining kirishuvi 
Qirindi bo‟yiga va eniga kirishadi. Qirindining bo‟yiga kerishuvi deb keskich bosgan 
(Lo) ning uzunligi (L) ga nisbatiga aytiladi (44-rasm). 
К = L
0
/L; 
Bunda K-qirindining bo‟ylama kirishish koeffitsienti. 
Kesish sharoitiga qarab, K = 1...6 va undan ortiq bo‟lishi mumkin (masalan, 20X markali po‟lat 
uchun K = 3,64, mis uchun esa K = 6,5). 


44-rasm 
Mo‟rt metallarni yo‟nishda kirishish hodisasi deyarli sodir bo‟lmaydi, chunki kesib 
olinadigan metall qatlami bilinar – bilinmas deformatsiyalanadi va kirishish koeffitsienti birga 
yaqinlashadi. Uning qiymati yo‟niladigan materialga, kesuvchi asbobning geometriyasiga, 
kesish tezligiga va sovitish – soylash suyuqliklarining hossalariga bog‟liq bo‟ladi. Katta 
tezliklar bilan kesishda kesish burchagi kamaygan, oldingi burchak va kesik qalinligi ortgan 
sari kirishish koeffitsienti kamayib boradi. Demak, kesib olinuvchi qatlam qanchalik kam 
deformatsiyalansa, kesish jarayoniga shunchalik kam kuch sarf bo‟ladi. Kesishning muayyan 
sharoitida kirishish qiymatini bilish amaliy jixatdan qatta ahamiyatga ega. 
3. Ishlangan yuza qatlamining puxtalanishi 
Kesish jarayonida metallning kesib olinuvchi qatlamigina emas, balki yo‟nilgan 
yuzadan ma„lum cho‟qurlikdagi qatlam ham deformatsiyalanadi (45-rasm). Metallning 
yo‟nilgan yuza ostida plastik deformatsiyalanishi puxtalanish (naklep) deb ataladi. 
45-rasm 
Puxtalanish natijasida metallning strukturasi o‟zgaradi. Yuza qatlamining donalari kesish 
bosimi va harorati ta„siri ostida maydalanadi. Buning natijasida puxtalangan qatlamning 
qattiqligi ortadi. (Masalan, alyuminiyda qatlam qattiqligi ikki barobar, yumshoq po‟latda esa bir 
yarim barobar ortadi va x.k.). 
Puxtalangan qatlamning chuqurligi (h) o‟rtacha qattiqlikda po‟lat uchun keskich bilan 
yo‟nishda 0,4...0,5 mm ni, tozalab yo‟nishda 0,07...0,08 mm ni, jilvirlashda 0,04...0,06 mm ni, 
jilolashda 0,02...0,04 mm ni tashkil etadi. Deformatsiya natijasida puxtalangan qatlamning 
keskich oldidagi uzunligi L = 5...15 mm bo‟ladi. 
Puxtalangan qatlamning qattiqligi yo‟nilayotgan metallga, surish qiymati, kesish 
chuqurligi, kesish tezligi, asbobning yeyilganlik darajasi, keskich kesuvchi qirrasining 


yumaloqlanish radiusi va sovitilish jadalligiga bog‟liqdir, r yaxshi o‟tkirlangan asbobda 10...30 
mkm atrofida bo‟ladi, kesish jarayoni qaror topganda qirindiga metallning а – а
1
qalinlikdagi, 
(45-rasm), ya„ni АВ chizig‟idan yuqori yotgan qatlamigina o‟tadi. Metalning АВ chiziqdan 
pastki qatlamini keskich ezadi va deformatsiyalaydi, ya„ni puxtalaydi. 
Puxtalangan qatlam detallning yeyilishiga chidamliligini oshiradi, ammo bu qatlam 
mo‟rt bo‟ladi, qattiqlashadi va kuchlangan (zo‟riqqan) holatga o‟tadi. Puxtalangan qatlam 
tozalab yo‟nish sifatiga va detallning termik ishlanishiga ta„sir etadi, shuningdek kesuvchi 
asbobning tezroq yeyilishiga olib keladi. Puxtalanish bilan tanishish tozalab yo‟nishda imkoni 
boricha qatlamni yupqa yo‟nish kerakligini bildiradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin