О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Diffuzion usulda payvandlash. Bu usulda oddiy payvandlash usullari bilan biriktirish 
qiyin bo‟lgan yoki umuman mumkin bo‟lmagan holda, masalan, po‟latni niobiy, tutan, cho‟yan, 
volfram, metal-keramika bilan, oltinni bronza bilan, metallarni shisha, grafit bilan biriktirishda 
foydalaniladi. Payvandlash jarayonida qattiq holda bo‟lgan va suyuqlanish haroratidan pastroq 
haroratgacha qizdirilgan materiallarning bir-biriga tegib turgan sirtlarida atomlarning o‟zaro 
diffuziyanlanish ruy beradi. Sirtlarning bir-biriga tegib turgan haqiqiy yuzalari sathini 
kattalashtirish uchun kerakli bosim mexanik, pnevmatik va boshqa qurilmalar bilan hosil 
qiliniladi. Ko‟pincha diffuzion usulda payvandlash vakuumda bajariladi. 

Ultratovush 
bilan 
payvandlash. 
Payvandlanadigan sirtlar yog‟sizlantiriladi, 
payvandlanadigan joylari o‟zaro qisiladi, so‟ngra maxsus asbob yordamida tebranish chastotasi 
15-70 kGk bo‟lgan ultratovish beriladi. Bitta sirtning ikkinchi sirtga ishqalanishi natijasida 
kontakt yuzasi bo‟ylab issiqlik ajralib chiqadi, metall plastik diffuziyanlanadi, yuzalar 
atomlararo kuch ta‟sir qiladigan oraliqda yaqinlashtirilsa, mustahkam bog‟lanish yuzaga keladi. 
Payvandlash maxsus qurilmalarda 1-3 s davomida bajariladi. 
Metallarnii kavsharlash 
Metall buyumlarni kavshar deb ataluvchi oraliq metall bilan ajralmaydgan qilib 
biriktirish 
jarayoni 
kavsharlash 
deb ataladi. 
Kavsharlarning suyuqlanish harorati 
kavsharlanuvchi metall haroratidan ancha past bo‟ladi. Chok puxtaligi kavsharlanuvchi asosiy 
metall bilan kavsharning o‟zaro diffuziuyanlashiga bog‟liq. 
Sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber yoki jilvir qog‟oz bilan 
yaxshilab tozalanadi. Keyin ular bir-biriga moslab olinadi-da, ular oralig‟iga kavshar o‟tishi 
uchun 0,05-0,15 mm chamasida zazor (tirqish) qoldiriladi. Biriktiriladigan joylarni 
oksidlanishdan saqlash maqsadida bu yuzalar flyus bilan qoplanadi. Keyin esa kavshar 
suyuqlanish haroratigacha qizdirilganda u suyuqlnib kavsharlanuvchi buyum bo‟shliqlarni 
to‟ldiradi, qotgandan keyin ajralmaydigan birikma hosil qiladi. 


Kavsharlar xossalariga ko‟ra yumshoq va qattiq kavsharlarga bo‟linadi: 
a) 
Yumshoq kavsharlar. Yumshoq kavsharlar (qalay, qurg‟oshin, vismut, kadmiy) ning 
suyuqlanish harorati 400-500

C dan ortmaydi. Bu kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar, 
rezarvuarlar, radielektrotexnikada turli simlarni ulashda foydalaniladi. Bunda hosil bo‟ladigan 
chok u qadar puxta bo‟lmaydi, chokning cho‟zilishga puxtaligi 5-7 kG/mm
2
. 200
0
C dan ortiq 
qizdirilmaydigan uzellardagina kavsharlashdan foydalanish mumkin. 
b) 
Qattiq kavsharlar. Qattiq kavsharlar (mis, kumush) ning suyuqlanish haroratlari 450-
500
0
C dan ortiq bo‟ladi. Bu kavsharlardan odatda, keskich asboblarining qattiq qotishma 
plastinkalarini, truboprovodlarni, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. Bu usulda 
olingan chokning cho‟zilishiga puxtaligi 50 kg/mm
2
gacha yetadi. 
Kavsharlashda ishlatiladigan asosiy asbob payalnik (kovya) bo‟lib, uning o‟lchami va shakli 
kavsharlanadigan detal o‟lchamiga bog‟liq . 
Yumshoq kavsharlashda elektr payarlniklardan foydalanilsa, qattiq kavsharlar bilan 
kavsharlashda benzin, gaz alangasida qizdiriluvchi turli konstruksiyadagi poyalniklardan 
foydalaniladi. Ba'zida kavsharlash joylarini qizdirish va kovsharni suyuqlantirish uchun elektrik 
alangali pechlardan ham foydalaniladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin