О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
5Kesuvchi asboblar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar 
Materiallarni og‟ir sharoitda kesib ishlashda keskichlar yeyilib o‟tmaslanib qoladi. Shu 
sababli ularning materiali zagatovka materialidan ancha puxta, qattiq, issiqbardosh, kam 
yeyiladigan bo‟lishi kerak. 
Keskichlar (parma, freza) asosan legirlangan asbobsozlik po‟latlaridan, qattiq 
qotishmalardan, 
mineral-keramik 
materiallardan 
tayyorlanadi. 
Legirlangan 
tezkesar 
po‟latlardan (Р9, Р18) tayyorlangan keskichlar qattiqligi РRC = 62...65 bo‟lsa-da, ular ish 
jarayonida 500
0
С haroratga qadar, kesuvchanlik xossalarini saqlaydi. Qattiq qotishmalar 
(masalan, Т15К6, ВК8) qattiqligi НRA = 82...92 bo‟lib, ish jarayonida 1000...1200
0
С 
haroratgacha kesuvchanlik xossalarini saqlaydi. 
Mineral-keramik materiallarning qattiq qotishmalardan asosiy farqi shundaki, bu materiallar 
tarkibida qimmatbaho elementlar (W, Co, Ti) bo‟lmay, balki asosi alyuminiy oksidi (Al
2
O
3
), 
bo‟lgan arzon material borligidir. Ularning qattiqligi НRA 90...93 bo‟lib, 1200...1500
0
С 
haroratgacha qizdirganda ham kesuvchanlik hossasini saqlaydi. Mo‟rtligi sababli xomaki 
ishlovlarga chidamsiz bo‟lib, faqat nafis ishlov berishda ishlatiladi. Bu materialning mikrolit 
(ЦМ, ЦМ-322), termokorund xillari ishlab chiqariladi, plastinkalar esa keskich kallaklariga 
mexanik tarzda maxkamlanadi. 
Olmos asbobsozlik materiallari ichida eng qattig‟i bo‟lib, kesuvchanlik xossasini 1500
0
С 
haroratgacha qiziganda ham saqlaydi. Sintetik olmosning АСО, АСР, АСБ va boshqa 
markalaridan keskichlarda foydalaniladi. Bu krisstallar massasi 0,2...0,8 karat (1 karat = 0,2g) 
bo‟ladi. 
1964 yildan boshlab bor nitrid materiali (elbor) ham ishlab chiqarilmoqda. Bu materialning 
abrazivlik xususiyati olmosga yaqin, plastinkalari keskich kallaklariga o‟rnatilib, undan 
metallarni nafis ishlashda foydalaniladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin