О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Kesish jarayonining asosiy elementlari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Kesish jarayonining asosiy elementlari 
Kesish jarayonini xarakterlovchi muhim elementlariga kesish tezligi, keskichni 
(zagatovkani) surish tezligi va kesish chuqurligi kiradi. 
Kesish tezligi (V). Keskich tig‟ining zagatovkaga nisbatan asosiy xarakat yo‟nalishida vaqt 
birligi ichida bosgan yo‟li kesish tezligi deyiladi. Kesish tezligi m/min da, jilvirlashda, 
yog‟ochlarni ishlashda m/sek da o‟lchanadi. 
Tokarlik stanoklarida ishlashda kesish tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
V = π ∙ D n|1000, m/min 
bunda π – aylana perimetrining diametriga nisbati; 
D – zagatovkaning diametri, mm; 
N – zagatovkaning minutiga aylanishlar soni. 
Randalashda, protyajkalashda kesish tezligi quyidagicha aniqlanadi: 
V = L/1000 ∙ t
к 
m/min 
bunda L–keskich yoki zagatovkaning bir minutda bosgan yo‟li, mm;


t
k
– keskichning ishlash vaqti, min. 
Surish tezligi (S). Zagotovkaning to‟la bir aylanishida keskichning bosgan yo‟li keskichning 
surish tezligi deyiladi. Surish tezligi ayl/min yoki mm/min da o‟lchanadi. 
Kesish chuqurligi (t) zagotovkani yo‟nishda keskich bir marta o‟tganda ishlanuvchi yuza bilan 
ishlangan yuza orasidagi masofa bo‟lib, bu masofa ishlangan yuzaga tik holda o‟lchanadi. 
Tokarlik stanoklarida bo‟ylama yo‟nalishda kesish chuqurligi quyidagicha aniqlanadi: 
t =(D – d)/2, mm, 
bunda D – zagotovkaning yo‟nishdan avvalgi diametri, mm; 
d – zagotovkaning yo‟nishdan keyingi diametri, mm. 
O‟z-o‟zini tekshirish uchun savollar 
 
1. 
Kesib ishlash deb nimaga aytiladi? 
2. 
Kesib ishlashning qanday usullarini bilasiz? 
3. 
Kesish jarayonining asosiy qanday turlari bor? 
4. 
Keskichning qanday turlarini bilasiz? 
5. 
Keskichning asosiy qismlari va elementlarini aytib bering. 
6. 
Keskichning asosiy, yordamchi va plandagi burchaklari va ularning vazifalari. 
7. 
Kesuvchi asboblar qanday materiallardan tayyorlanadi? 
8. 
Asbobsozlik materiallariga qo‟yiladigan talablar. 
9. 
Kesish jarayonining asosiy elementlariga nimalar kiradi? 
10. 
Kesish tezligi, kesish chuqurligi va surish tezligi qanday aniqlanadi? 
11. 
Tokarlik ishlov berishda asosiy texnologik vaqt qanday topiladi?

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin