Au-Pt, Au-Ag, Au-Pv, Fe-Cr, Fe-Ni, Fe-Co, Fe-V sistemalari kiradi.
Komponentlari bir-birida ma„lum chegaragacha eriydigan (uchinchi tur) va
komponentlari bir-biri bilan kimeviy birikmalar hosil qiladigan (turtinchi tur) qotishmalar ham
mavjud. (6- rasm, v, g)
Qotishmalarning qolat diagrammalari bilan shu qotishmalar xossalarining bog‟liqligi
(N.S.Kurnakov bо‟yicha) quyidagi shaklda kо‟rsatilgan:
6- rasm. Qotishmalarning holat diagrammalari bilan
xossalari orasidagi bog‟liqlik
Savol va topshiriqlar : 1. Qotishma deb nimaga aytiladi?
2. Qotishmalarning qanday turlarini bilasiz?
3. Qattik eritma hosil bо‟lishi uchun qanday shartlar zarur?
4. Kimyoviy birikmalar qattik eritmalardan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
5. Mexanik aralashmalar qanday holatlarda hosil bо‟ladi?
6. Fazalar qoidasining matematik ifodasini yozing.
7. Kimyoviy birikmalarga misollar keltiring.
8. Holat diagrammalarining xillarini chizib kо‟rsating.
9. Qotishmalarning holat diagrammalari bilan ularning xossalari orasidagi bohlanishni izoxlang.
3-Mavzu: Temir va uning qotishmalari Temir-suyuqlanish xarorati 1539
о
С ga teng bо‟lgan yaltiroq, och kulrang metalldir.
Hozirgi paytda ajratib olinaetgan texnik toza temirning tarkibida 0,1...0,2 % (C, Mn, Si, S, P va
b.) qо‟shimchalar bо‟ladi
Temir bilan uglerod о‟zaro ta„sirlashib, qattiq eritma (ferrit va austenit), kimeviy birikma
(tsementit) va mexanik aralashmalar (perlit va ledeburit)ni hosil qilishi mumkin. Shuningdek,
temir-uglerod sistemasida uglerod sof-grafit holatida ham bо‟lishi mumkin.