О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Metallurgiyaviy yoqilg‟ilar. Metallurgiyada asosiy yoqilg‟i sifatida koksdan, mazutdan, 
tabiiy gaz, domna va koks gazlaridan foydaliniladi.
Koks. Kokslanuvchi sifatli toshko‟mirni maydalab, maxsus pechlarda 1000-1100
0

haroratda 10-15 soat davomida havosiz qizdirish (piroliz) natijasida olingan qattiq, g‟ovak 
massa koks deb ataladi. Hozirgi zamon koks ishlab chiqaruvchi maxsus pechlarning hajmi 18-
20 m
3
bo‟lib, bo‟yi 50-70 m li bir necha kamerasi bo‟ladi. Bu kameralarning har biri 10-15 
soatda 12-16 t koks beradi 
Metallurgiyaviy kokslarda o‟rtacha 85-90

uglerod, 0,5-2

oltingugurt, 0,04

gacha fosfor, 
1

ga yaqin ajraluvchi gazlar, 10-13

kul va 5

gacha namlik bo‟ladi. Koksning issiqlik 


chiqarish xususiyati 6500-7500 kkal

kg (27-31 Mj

kg), alangalanish harorati 700 
0
C ga yaqin, 
maydalanishga qarshiligi 100-1400 kg

sm
2
, g‟ovakligi esa 45 - 55

.
Koksdan, asosan, domna pechlari va vagrankalarda cho‟yan ishlab chiqarishda yoqilg‟i 
sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda kokslanuchi ko‟mirlarga kokslanmaydigan ko‟mir 
qo‟shib koks olish usuli ishlab chiqilgan.
Mazut neftni qayta ishlashda hosil bo‟lgan suyuq qoldiq massa bo‟lib, undan marten va 
boshqa pechlarni qizdirishda yoqilg‟i sifatida foydalaniladi. Mazut yonganda ko‟p miqdorda 
issiqlik chiqarishi (8500-10500 kkal

kg), kul ajratmasligi va yonishini oson rostlash mumkinligi 
uning xarakterli ko‟rsatkichlariga kiradi.
Tabiiy gaz. Bu gaz yonganda yuqori kaloriyali issiqlik beruvchi arzon yoqilg‟i bo‟lib, 
uning asosiy qismi metan (CH
4
) dir. Boku va Saratov gazlarining tarkibini o‟rganish ularda 
92

-CH
4
; 2

-CO
2
; 4

-C
4
H
4
; 0,34

-H
2
O va 2

-N
2
borligini ko‟rsatadi. 1m
3
tabiiy gaz 
yonganda 8000 kkal (34Mj

m
3
) issiqlik chiqadi.
Koks gazi. Toshko‟mirdan koks olishda koks gazi hosil bo‟ladi. Bu gazning tarkibida 46-
63 

H
2
; 21-27

CH
4
; 2-7

CO
2
; 4-18

N
2
bo‟ladi. 1m
3
koks gazi yonganda 3500-4500 kkal 
(15-18MJ/m
3
) issiqlik ajraladi. Koks gazidan metallurgiyaviy pechlarda yoqilg‟i sifatida 
foydalaniladi.
Domna gazi. Domna pechlarida cho‟yan ishlab chiqarishda ajraluvchi gaz bo‟lib, metallurgiya 
korxonalarida undan sof holda yoki koks gazi bilan aralashtirib foydalaniladi.
Gaz yoqilg‟ilari suyuq yoqig‟ilarga nisbatan arzonligi, zararli qo‟shimchalardan xoli 
bo‟lganligi, yondirishga qadar ma‟lum haroratgacha qizdirish mumkinligi, bir joydan ikkinchi 
joyga uzatish qulayligi kabi afzalliklari tufayli borgan sari sanoatda keng miqyosda 
ishlatilmoqda.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin