Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Pо’latlarni sianlash Pо‟lat detallarnig yuzasini bir vaqtning о‟zida uglerod va azotga tо‟yintirish jarayoni
sianlash deb ataladi. Qattiq, suyuq va gaz muhitida sianlash usullari mavjud. Sianlangan
yuzaning qalinligi, odatda, 0,1…0,2 mm ga yetadi. Sianlash natijasida detallarning yuza
qattiqligi va ishqalanib yemirilishi chidamliligi, hamda korroziyabardoshligi ortadi. Ayniqsa,
mayda va о‟rtacha detallar (shesternya, porshen barmoqlari, vallar va boshqalar) ni sianlash
yuqori samara beradi.
Suyuq mug‟itda sianlash usuli keng tarqalgan.
Tarkibi 50%NaCN, 3,5%BaCl
2
, 15%NaCl tuzlardan iborat aralashma 500…600
0
C
gacha qizdirilganda uglerod va azot atomlari hosil qilib parchalanadi, ana shu faol atomlar detal
yuzasiga singadi.
Tezkesar pо‟latdan tayyorlangan asboblarni puxtalash uchun 25…40%NaCN,
20…45%Na
2
CO
3
va 10…20%NaCl tarkibli aralashma muhitida 500…600
0
C da 5…30 daqiqa
davomida ishlov berilsa, detal yuzasining 0,02…0,04 mm qalinligi sianlanadi.
Tarkibida 0,4 % gacha uglerodi bо‟lgan uglerodli va maxsus pо‟latlarga 6…10%NaCN,
80…84%BaCl
2
, 10% gacha NaCl tarkibli tuzlar aralashmasida 800…950
0
C haroratda, 1…6
soat davomida ishlov berilsa, 0,5…1,5 mm yuza qatlam uglerod va azotga tо‟yinadi.
Bunday yuqori haroratda sianlangan detallar toblanib, sо‟ngra past haroratda
bо‟shatiladi, yuza qattiqligi 58…62 НRC ga yetadi.
Gaz muhitida sianlash (nitrotsementatsiya) jarayoni 850…900
0
C haroratda, tarkibida
uglerod va azot bо‟lgan gazlar (masalan, 70...80% tabiiy gaz va 20...30% ammiak) muhitida
olib boriladi. 0,25...1 mm qatlam olish uchun 2...10 soat vaqt sarflanadi.
Nitrosementitlangan detal bevosita pechda toblanib, 160…180
0
C da bо‟shatiladi.
Bo‟shatilgan yuzaning qattiqligi 58-62 HRC ga yetadi. Bu jarayon murakkab shaklli, tob
tashlashga moyil bо‟lgan detallar (shesternyalar) uchun qо‟llanilganda samara beradi.