О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Pо’lat yuzasini azot bilan boyitish



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Pо’lat yuzasini azot bilan boyitish 


Pо‟lat yuzasini azot bilan diffuzion tо‟yintirishga azotlash deb ataladi. Azot pо‟lat 
tarkibidagi metallar bilan birikib, nitridlarni hosil qiladi. Azotlash jarayoni 430…800 
0
C gacha 
gazsimon ammiak (NH
3
) muhitida olib boriladi. Pо‟latlar 430…600 
0
C da azotlansa ularning 
qattiqligi, ishqalanib yeyilishga chidamliligi va puxtaligi ortadi, 600…800 
0
C da azotlanganda 
esa faqat korroziyabardoshligi ortadi. Asosan, tarkibida Cr, Mo, W, Al, Ti kabi nitrid hosil 
qiluvchi elementlari bо‟lgan legirlangan pо‟latlar azotlanadi. 
Detallar azotlashdan oldin chang va moylardan tozalanib, germetik yashikka bir-biriga 
tegmaydigan qilib joylashtiriladi. Sо‟ng yashik qopqog‟i yopiladi-da, pechga joylashtiriladi va 
asta-sekin ammiak muhitida zarur haroratgacha qizdiriladi. Yuqori haroratda ammiak qisman 
parchalanib, faol azot atomlarini hosil qiladi: 
2NH
3
=2N
at
+3H 
2

N
at
→Fe
α
→ Fe
α
(N)→γ΄(Fe
4
N)→ε(Fe
2-3
N). 
Temir sirtida azotlangan qatlam Fe
2-3
N (ε-faza) va Fe
4
N (γ΄-faza) va (α-faza) dan iborat 
bо‟ladi. Azotlash 600 
0
S dan yuqorida о‟tkazilsa nitrid qatlam va α-faza orasida azotlangan 
austenitdan iborat γ-faza hosil bо‟ladi. 
Sо‟nggi yillarda tarkibi 50% endogaz va 50% ammiak yoki 50% CH
4
va 50% NH
3

shuningdek suyuq holatdagi 55% (NH
2
)СO+45% Na
2
CO
3
aralashmadan foydalanib azotlash 
jarayoni qо‟llanilmoqda. Natijada buyum sirtida strukturasi Fe
2-3
(N,C) dan iborat bо‟lgan 
karbonitrid qatlam hosil bо‟ladi, uning qattiqligi HB 600…1200 ga yetadi va buyumning 
ishqalanib yemirilishga chidamliligi ortadi. 
Azotlash jarayoniga sarflanadigan vaqt talab etiladigan qatlam qalinligiga bog‟liq. 
Umuman, har 10 soatda 0,1 mm yuza qatlam azotlanadi. Detallarga azotlashdan oldin termik 
ishlov beriladi, azotlangan yuzalar esa faqat jilolanadi.
Azotlash jarayoni sementitlash jarayonidan pastroq haroratda о‟tkazilsada, qatlamning 
qattiqligi va ishqalanib yeyilishga chidamliligi yuqori, murtligi esa pastroq bо‟ladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin