О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi 
Austenitning parchalanishi pо‟lat uzliksiz sovitilganda ham Ac
1
kritik nuqtadan pastroq 
haroratgacha tez sovitilib (о‟ta sovitilib), shu haroratda tutib turilganda ham sodir bо‟ladi. 
Austenit Ac
1
nuqtadan pastroq haroratgacha о‟ta sovitilib shu haroratda tutib turilganda uning
parchalanishi austenitning izotermik parchalanishi deb ataladi. 
Pо‟lat Ac
1
kritik haroratdan pastroq haroratgacha tez sovitilib, shu haroratda tutib turilganda 
perlitning kristallanish markazlari hosil bо‟ladi va ulardan kristallar о‟sa boshlab, oqibatda 
perlit donalari hosil bо‟ladi. Bu donalarning katta- kichikligi о‟ta sovish darajasiga bog‟liq. 
О‟ta sovitilgan austenitning izotermik (о‟zgarmas haroratda) parchalanishini diagramma 
tarzida ifodalash mumkin (22- rasm). 


22 - rasm. Austenitning izotermik parchalanish diagrammasi
Shakldan kо‟rinadiki, 800 
0
C gacha qizdirilgan austenit taxminan 700 
0
C gacha tez
sovitilib, shu haroratda tutib turilsa, u perlitga aylanadi, ya„ni ferrit bilan sementitning mexanik 
aralashmasi hosil bо‟ladi. Austenit taxminan 630 
0
C gacha 60-70 grad/s tezlik bilan uzluksiz 
о‟ta sovitilib va shu haroratda tutib turilganda ham austenit perlitga aylanadi, ammo bu 
perlitning donalari 700 
0
C da hosil bо‟lgan perlitnikidan mayda, qattiqligi ancha yuqori bо‟ladi 
(НВ = 380-400). Bunday perlit sorbit deb ataladi. 
Austenit taxminan 500 
0
C gacha (80 - 100 grad/s) tezlikda о‟ta sovitilib, shu haroratda tutib 
turilsa, donalari sorbitnikidan ham mayda perlit hosil bо‟ladi. Bu perlit troostit deb ataladi. 
Troostitning qattiqligi НВ = 390-400 oralig‟ida bо‟ladi.
Demak perlit, sorbit, troostit strukturalarining barchasi ferrit-sementit aralashmasidan 
iborat bо‟lib, ular bir-biridan donalari о‟lchamlari bilan farqlanadi (23- rasm).


23 - rasm. a) perlit (x500), b) sorbit (x500), v) troostit (x10 000) strukturalari. 
 
Austenit 150 
0
C/s tezlik bilan suvda sovitilsa parchalanishga ulgurmaydi. Sovish tezligi 
katta bо‟lganda diffuzion jarayonlar to‟xtaydi, lekin γ→α polimorf о‟zgarish sodir bо‟ladi. 
Natijada austenitda erigan hamma uglerod ferritda qolib, tо‟yingan qattiq eritma hosil bо‟ladi. 
Harorat taxminan 240 
0
C ga tushganda austenit martensit deb ataladigan strukturaga aylana 
boshlaydi. Ana shu harorat austenitning martensitga aylana boshlash harorati deb ataladi. 
Martensitga parchalanishda boshlang‟ich va oxirgi fazalar miqdori о‟zgarmaydi, agregat 
kо‟chish natijasida faqat kristall panjara qayta quriladi (diffuziyasiz jarayon). Martensit 
tayoqchalari (plastinkalari) oldingi donachalar о‟rnida parallel yoki bir-biriga nisbatan 50
0
hamda 120
0
burchak ostida joylashishi ham mumkin. Bu parchalanish juda katta tezlikda
boradi va kristallarning о‟sish tezligi ham katta bо‟ladi. (10
3
m/sek). Parchalanish davomida 
kristall katakcha atomlari о‟z о‟lchamlaridan kamroq masofaga bir vaqtda siljish natijasida 
atom panjaraning turi о‟zgaradi (agregat kuchish sodir bо‟ladi). Martensit hosil bо‟lish jarayoni
о‟zining boshlanish (M
B
) va tamom bо‟lish (M
t
) haroratiga ega. Agar shu oraliqda harorat 
о‟zgarmasa (ya„ni sovish rо‟y bermasa), parchalanish ham tо‟xtab qoladi. Lekin perlitga 
parchalanishda harorat о‟zgarmay qolganda ham jarayon davom etadi. Shu jihatdan martensitga 
parchalanish perlitga parchalanishdan farq qiladi. Legirlangan pо‟latlardagi uglerod miqdori 
qancha kо‟p bо‟lsa, diffuziya jarayoni shunchalik sekin boradi, natijada martensitga 
parchalanish harorati oddiy haroratdan ancha kichik bо‟ladi. Shuning uchun strukturada 
materialning hajmi bо‟yicha parchalanmay qolga qoldiq austenit (A
qol
) bо‟ladi. Martensitning 
hajmi katta bо‟lganligi uchun namuna deformatsiyalanishi ham mumkin.
Demak, martensit uglerodning α-temirdagi to‟yingan qattiq eritmasidir, uning donalari 
ninalarga о‟xshash, juda ham yupqa plastinkalardan iborat (24 - rasm), qattiqligi esa HB (600-
650) oralig‟ida bо‟ladi. 


a) b) 
24- rasm. Plastinka (a) va tayoqcha (b) shaklidagi martensitning mikrotuzilishi 
Po‟latlarni termik ishlash uchun qizdirish vaqtini aniqlash. 
Ma‟lumki, po‟latlarni termik ishlashda qizdirishning umumiy vaqti 

um.
po‟lat buyumni 
zarur haroratgacha qizdirishga sarflangan vaqt 

q
bilan buyumni shu haroratda tutib turish vaqti 

t
ning yig‟indisiga teng: 

um.


q


t

q
, asosan, pechning haroratiga, buyumning o‟lchamiga, shakliga va materialiga, buyumni 
pechga joylash xarakteriga bog‟liq. Shuning uchun 

q
ni belgilash qiyin. Taxminian bo‟lsa-da, 
quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 


= 0,1D

K
1

K
2

K
3
(min), 
bu yerda, D – buyumning o‟lcham xarakteristikasi (maksimal qirqimning minimal o‟lchami), 
mm; K
1
– muhit koeffitsienti (gaz uchun K
1
= 2, tuz uchun K
1
= 1, metall uchun K
1
= 0,5); K
2
– shakl koeffitsienti (shar uchun K
2
= 1, silindr uchun K
2
= 2,); K
3
– qizish koeffisienti (har 
tomonlama qizdirilsa, K
3
=1, bir tomonlama qizdirilsa, K
3
=4). 


esa uglerodli po‟latlar uchun 1 min, legirlangan po‟latlar uchun 2 min qilib olinadi. 
Amalda, ko‟pincha, konkret detal uchun u yuqoridagi taxminiy formila asosida hisoblanib, 
tajriba asosida unga tuzatishlar kiritiladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin