3. Qanday qotishmalar metall-keramik qattiq qotishmalar deyiladi?
4. Mineral-keramik qattiq qotishmalarga nimalar kiradi?
5. Plastmassalar tarkibi nimalardan iborat?
6. Rezina deb nimaga aytiladi?
7. Abrazivlar deb qanday moddalarga aytiladi?
10-Mavzu: Metal va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish asoslari.
10.1.Po’latlarga termik ishlov berish asoslari
Reja:
1.
Umumiy ma‟lumotlar.
2.
Pо‟lat qizdirilganda unda sodir bо‟ladigan о‟zgarishlar;
3.
Austenit sohasigacha qizdirilgan pо‟lat sovitilganda unda sodir bо‟ladigan
о‟zgarishlar;
4.
Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi;
5.
Po‟latlarni termik ishlash uchun qizdirish vaqtini aniqlash.
Tayanch iboralar: termik ishlash, kritik nuqtalar, perlit struktura, sorbit struktura, troostit
struktura, austenitni uzluksiz sovitish, sovitishning kritik tezligi, martensit strukturasi,
austenitning martensitga aylanishi, jarayon mexanizmi, martensitning tuzilishi va xossalari.
Umumiy ma‘lumotlar
Mashinasozlikda kо‟pgina pо‟lat va chо‟yanlardan, shuningdek rangli metallarning
qotishmalaridan (bronza, latun, duralyuminiy va boshqalar) yasalgan buyumlarning fizikaviy,
mexanikaviy va texnologik xossalarini zarur tomonga о‟zgartirish maqsadida ularga termik va
kimyoviy-termik ishlov beriladi. Bu esa yengil, puxta va chidamli mashinalar tayyorlashda,
metallarni tejashda, ularning tannarxini kamaytirishda katta rol о‟ynaydi.
Metallardan yasalgan buyumlarning kimyoviy tarkibini о‟zgartirmay turib, ularning
strukturalarini termik vositalar (ma„lum haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma„lum vaqt tutib
turgandan keyin har xil tezlikda sovitish) bilan о‟zgartirish metallarni
termik ishlash deb
ataladi.
Rus olimi D.K.Chernov (1838-1921) termik ishlov berish nazariyasi va ratsional
usullarining asoschisi hisoblanadi. U pо‟latni Ac
1
chizig‟idan past haroratgacha qizdirib,
istalgan tezlik bilan sovitilganda uning strukturasi va mexanik xossalari о‟zgarmasligini, Ac
3
chizig‟idan yuqori haroratda qizdirib, tez sovitilganda esa keskin darajada o‟zgarishini aniqlab
berdi. Chernovning bu kashfiyoti katta ahamiyatga ega bo‟ldi, keyinchalik uning bu ta‟limoti
rivojlantirildi va termik ishlash nazariyasi ishlab chiqildi.
Chernov qattiq qizdirilgan pо‟lat zagatovkalarni kuzatar ekan, qizdirishning va
sovitishning ma„lum haroratlarida (nuqtalarida) pо‟latda ichki о‟zgarishlar sodir bо‟lishini
payqadi. D.K.Chernov bu nо‟qtalarni
kritik nuqtalar deb atadi va ularni
a va
b harflari bilan
belgiladi. Hozirgi vaqtda bu nuqtalar A
1
va A
3
bilan belgilanadi. Fe-Fe
3
C tizimining holat
diagrammadagi GS chizig‟i A
3
nuqtalarning, PSK chizig‟i esa A
1
nuqtalarning geometrik
о‟rnidir. Pо‟lat qizdirilgandagi kritik nuqta Ac (Ac
1
va Ac
3
) bilan, sovitilgan vaqtdagi kritik
nuqta esa Ar (Ar
1
va Ar
3
) bilan belgilanadi (
r harfi fransuzcha sovitmoq sо‟zining bosh harfi).
Dostları ilə paylaş: