О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Mineral-keramik qattiq qotishmalar



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Mineral-keramik qattiq qotishmalar 
Mashinasozlikda metallkeramik qattiq qotishmalardan tashqari qiyin suyuqlanadigan 
Al
2
O
3
, Gr
2
O
3
, SiO
2
, oksidlari asosida tayyorlanadigan arzon yangi asbobsozlik materiali ham 
ishlatiladi. Mineral-keramik materiallar tarkibida noyob va qimmatbaho volfram, kobalt kabi 
elementlar bo‟lmaydi. 
Hozirgi vaqtda mikrolit deb ataladigan ЦМ-332, shuningdek termakorund kabi mineral-
keramik materiallar keng qo‟llaniladi. Ular qattiqligi (90-95 HRA), issiqlikka va yeyilishiga 
chidamliliga ko‟ra qattiq qotishmalardan ustun turadi. Mikrolit uchun kimyoviy 
barqarorligining yuqoriligi va yetarli darajada mustahkam ekanligi xosdir. Mikrolit plastinkali 
asboblar ish jarayonida 1200 
0
C gacha qiziganda ham o‟zining qattiqligini yo‟qotmaydi. 
Shuning uchun ulardan cho‟yan, rangli metall va ularning qotishmalaridan yasalgan 
buyumlarga, metallmas materiallarga katta tezlikda, kichik kesish chuqurligida surib tozalab va 
qisman tozalab ishlov berishda foydalanish yaxshi samara beradi.


Mikrolit plastinkalari quyidagi texnologiya bo‟yicha tayyorlanadi: tayyorlangan kukun 
shakllantiriladi, presslanadi, so‟ngra 1750-1900 
0
C haroratda pishiriladi. Plastinkalarni bosim 
ostida qaynoq holda quyish yo‟li bilan (shlaker usuli) ham olish mumkin. Asboblarning 
dastalariga plastinkalar kavsharlanadi yoki mexanik usulida mahkamlanadi. 
So‟nggi vaqtlarda metall kesish asboblarining ish qismlariga yopishtirish uchun yangi 
o‟ta qattiq asbobsozlik materiallari ishlab chiqish qo‟llanilmoqda: ularga bor nitridi 
polikristtallari asosida yaratilgan elborlar (0,1; 05 va 10 markalari) va olmoslar kiradi. Bor kub 
nitridining polikristallari o‟zining issiqbardoshligi bilan (1300 
0
C gacha) kesish asboblari uchun 
mo‟ljallangan barcha asbobsozlik materiallaridan ustun turadi, chunonchi olmosdan 1,9 marta, 
tez qirqar po‟latdan 2,3 marta, qattiq qotishmalardan 1,7 marta ustun turadi. Polikristallar 
uzunligi 3,5 - 8 mm, diametri 3-5 mm bo‟lgan silindrik va sferik ko‟rinishlarda tayyorlanadi. 
Polikristallar keskichlarning dastalariga montaj qilinib, vacuum ostida kavsharlash yoki 
polikristallni po‟lat vtulkaga issiqlayin presslab kiritish yo‟li bilan mahkamlanadi. 
Elbor bilan jihozlangan kesish asboblari istalgan qattiqlikdagi cho‟yan va po‟latga katta 
tezliklarda ishlov berish uchun mo‟ljallangan. Borning kub nitrididan yasalgan keskichalarning 
toblangan, qattiqligi 63-66 HRC
Э
bo‟lgan po‟latlarga ishlov berishdagi chidamliligi qattiq 
qotishmadan yasalgan keskichlarnikidan o‟n martadan ko‟p ortiq. Bunday keskichlar bilan 
cho‟yanga ishlov berishda aniq ishlov berish sharoitida sirtning g‟adir-budirligini R
a
=0,63-1,25 
mkm ga yetkazish mumkin. Karbonado va ballas tipidagi olmos polikristallari bilan jihozlangan 
kesish asboblari titan qotishmalari, mineral-keramika, qattiq qotishmalarga ishlov berishda 
foydalaniladi. Bunday keskichning po‟xtaligi qattiq qotishmadan yasalgan keskichnikidan 6-10 
marta katta. Olmoslarning sintetik polikristallari 2500 
0
C haroratda juda yuqori bosim ostida 
grafitdan olinadi. Bu olmoslar alohida fraksiyalarga ajratiladi va turli olmos asboblar 
tayyorlashda foydaliniladi. 
Shuni qayd qilish kerakki, po‟lat va chuyan detallar elbordan yasalgan abraziv asbob 
bilan olmosdan yasalgan asbobga qaraganda yaxshi silliqlanadi, chunki bor nitridining temirga 
kimyoviy aloqadorligi yo‟q va uning issiqbardoshligi yuqori.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin