О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Rezina va poliuretanlar 
Rezinalar 
turli qushimchalar qo‟shilgan tabiiy (TK) yoki sun‟iy sintetik 
(CK)kauchikning kimyoviy o‟zgarishi (vulkazinizatsiya qilingan) natijasida hosil bo‟lgan 
mahsulotlar. Rezina uchun uning yuqori elastikligi, yeyolishiga chidamliligi, elektr izolyatsion 
xossalarning yaxshiligi, kimyoviy barqarorligi, gaz va suv o‟tkazmasligi xosdir. Rezina 
o‟zining bu xossalari bilan xalq xo‟jaligining turli sohalarida, xususan avtomobil va 
traktorsozlik sanoatlarida uning o‟rniga boshqasini almashtirib bo‟lmaydigan materialdir.
Rezina ishlab chiqarish uning aralashmasini tayyorlash, aralashmani yarim fabrikat va 
buyumga aylantirish uchun ishlov berish hamda vulkanizatsiya qilish bosqichlarini o‟z ichiga 
oladi. Bo‟laklarga bo‟lingan kauchik unga plastiklik berish uchun juvalar orqali o‟tkaziladi, 
so‟ngra zarur qo‟shimchalar qo‟shib maxsus aralashtirgichlarga aralashtiriladi. Shunday yo‟l 
bilan olingan aralashma (bir jinsli massa) xom rezina deyiladi. Unga yana ishlov beriladi, 
chunochi cherviyakli presslarda zagavotka truba, sterjin va boshqa buyum ko‟rinishida siqkib 
chiqariladi; riflangan va silliq sirtlar olish uchun ular press-qoliplarda, juvalar (kalandirlar) da 
presslanadi; bosim ostida qo‟yiladi. Tayyor buumlarni vulkanizatsiya qilish eng so‟nggi 
bosqich hisoblanadi. Issiqlayin vulkanizatsiya qilish suv bug‟i bilan to‟yingan muhitda 
avtoklarda (140-160
0
C tempraturada 0,3-0,4 Mпа bosimida) yoki gidravlik presslarda qaynoq 
qoliplarda amalgam oshiriladi. Sovuqlayin vulkanizatsiya qilish rezinaga oltin gurgut yarim 
xlorli eritmasini kiritishda iborat. Vulkanizatsiyalashda plastik kauchik mustahkam va elastik 
material bo‟lmish rezinaga aylanadi. Jarayonni intensifikatsyalash uchun aralashmaga 0,1dan 
2,5% gacha miqdorda vulkanizatsiyani tezlatkichlar (koptaks, tiuram va boshqalar) kiritiladi. 
Rezina mustaxkamligini oshirish va uning tannarxini kamaytirish maqsadida to‟ldirgichlar 
qo‟shiladi.To‟ldirgichlar noaktiv (talk,bo‟r) va aktiv (qurum, kremniy, titan va magniy 
oksidlari, kaolin) xillarga bo‟linadi. Aktiv to‟ldirgichlar kauchuk molekulalari bilan reaksiyaga 
kirishadi.


Rezinaning mustahkamigini ancha oshirish uchun undan yasalgan buyumlar armirlanadi, 
ya‟ni mustahkamligini oshirish maqsadida devorlari metall-kord, po‟lat sim yoki to‟r, shisha 
yoki kapron iplari qo‟shib to‟qiladi. G‟ovak, yacheykali rezina olish uchun xom rezina tarkibiga 
maxsus materiallar kiritiladi. Bu materiallar qizdirilganda parchalanadi va rezinaning xajmini 
kattalashtiradi, unda g‟ovaklilar, bo‟shliqlar paydo qiladi. 
Tayyorlanish usuliga ko‟ra shtamplangan, qoliplangan va yelimlangan rezinalar bo‟ladi 
gazlamaga maxsus rolikli yelim shimdirish mashinalarida rezina singdiriladi; bunda gazlama 
roliklar tizimi orqali uzliksiz harakatlanib turadi. Ishlatilishiga ko‟ra issiqbardosh, 
sovuqbardosh, moy va benzin ta‟siriga chidamli, kislota va ishqorbardosh, oziq-ovqat sanoatida 
ishlatiladigan rezinalar bo‟ladi. Xossalariga ko‟ra tarkibida 1-3% oltingugrt bo‟lgan yumshoq 
(elastik), tarkibida 27-35% oltingugurt bo‟lgan, ebonit deb ataladigan qattiq rezina xillari 
bo‟ladi. Rezina listlardan zichlamalar, amortizatorlar, qistirmalar yasaladi. Sanoatda rezinadan 
va uning boshqa materiallar bilan birlashmasidan tayyorlangan har xil tasmalar va boshqa 
buyumlar ko‟p ishlatiladi. 
Rezinlar ichida poliuretanlar alohida o‟rin egallaydi. Rezinalarga qaraganda ularning 
fizik-mexanik xossalari yuqori, agressiv muhitlarga, yog‟, suyiltirilgan kislota va ishqorlarga 
chidamlik, mustahkamligi katta, yeyilishga chidamli, yirtilishga qarshiligi katta. Uning ish 
harorati 

30 
o
C dan +80 
o
C gacha. CKУ-ПФЛ markali poliuretan (uretanli 
plastifikatsiyanlangan qo‟yma sintetik kauchuk) mamlakatimizda chiqariladigan eng yaxshi 
poliuretan mashinalarning so‟rish vallalarini qoplashda ishlatiladi, rezinalarga qaraganda 
xizmat muddati 3 marta ko‟proq. Poliuretan poyavzal sanoatida tagcharm tayyorlashda keng 
qo‟laniladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin