materiallarni aralashtirishda presslashni osonlashtirish, briketning
puxtaligini orttirish uchun
unga parafin, stearin, kauchikning benzindagi eritmalari qo‟shiladi.
Oddiy shakldagi buyimlar bir tomonlama presslovchi presslarda, murakkab shaklli
zagotovkalar ajraluvchi pressformalarda presslanadi.
Metallokeramik detallarni
tayyorlash texnalogiyasi, foydalaniladigan materiallarning
xususiyatiga ko‟ra detallar konistruksiyasi quyidagi asosiy talablarga rioya qilingan holda
belgilanmog‟i lozim:
1. Detallar devorlarining qalinliklari keskin o‟zgarmasliklari;
2.
Detallarda uzun ortiqlar, tor uzun ariqchalar, o‟tkir bo‟rchakli o‟tishlar bo‟lmasligi;
3. Presllash o‟qiga tik teshiklar, ariqchalar bo‟lmasligi;
Metall-keramik qattiq qotishmalar
Metal-keramik qotishmalar
deb atalishiga sabab, ular metallardan tashkil topgan, lekin
ularni tayyorlash usuli keramik buyumlar (sopal va chinni) tayyorlash texnologiysini eslatadi.
Qattiq qotishmalarining asosiy qismi plastinkalar ko‟rinishida ishlab chiqariladi va ular metall
qirquvchi asboblarning dastalariga (keskich, parma, freza, razvyortkalarga)
kavsharlash usuli
yoki mexanik mahkamlash yo‟li bilan yopishtiriladi.
Oldin qayd qilib o‟tilganidek, tarkibiga ko‟ra volframli, titan-volframli va titan-tantal-
volframli qattiq qotishmalar bo‟ladi. Volframli qattiq qotishmalar (BK3, BK3M, BK6, BK8,
BK8B) cho‟yan, bronza, chinni, shisha kabi mo‟rt materiallarga ishlov berishda ishlatiladi.
Oqartirilgan cho‟yan, otashbardosh po‟lat, plastmassalarga xomaki
va tozalab ishlov berish
uchun kesuvchi asbobga BK6M qotishmasi yopishtiriladi. Quduqlar parmalaydigan iskanalar,
otashbardosh po‟latlarni cho‟zish va xomaki ishlov berishda ishlatiladigan asboblarga BK8B
qotishmasi yopishtiriladi.
Titan-vol‟framli qattiq qotishmalar (T5K10, T15K6, T30K4 va hokazolar) po‟lat, latun
kabi qovishoq materiallarga ishlov berish uchun mo‟ljangan. Masalan, yo‟nib
xomaki ishlov
berish asboblariga, po‟latlarning kuygan sirtini tozalab randalash (shtamplab tayyorlangan
zagotovkalar va quymalar) asboblariga T5K10 qotishmasi yopishtiriladi. T15K6 va T30K4
qotishmalari esa qisman tozalab va tozalab berishda qo‟llaniladi.
Titan-tantal-vol‟framli qattiq qotishmalar po‟lat pokovkalarga
xomaki ishlov berishda
ishlatiladi. TT7K12 va TT10K8B qotishmalarining egilishga mustahkamligi (
eg
1550MPa)
titan-tantal-volfiramli qotishmalarnikidan katta.
Mayda donali yuqori kobaltli BK20, BK25, BK30 qotishmalar va yirik donali BK15V,
BK20V, BK25V kabi yangi qotishmalarning mustahkamligi va zarbiy qovushoqligi yuqori
bo‟lganligidan katta zarbiy yuklanish tushadigan sharoitda ishlaydigan qattiq qotishmali
shtamplar tayyorlashda ishlatiladi.
Yuqorida qayd qilingan shtamplarning chidamliligi po‟lat shtamplarnikiga qaraganda 30-50
marta ortadi, bu esa katta iqtisodiy samara beradi.
Dostları ilə paylaş: