9. Titan Qotishmalariga qanday termik ishlov beriladi?
8-Mavzu: Kukunsimon qattiq qotishmalar.
Reja:
1. Umumiy ma‟lumotlar.
2. Metal kukunlaridan zagotovkalar tayyorlash va ularga qo‟yiladigan talablar;
3. Metall-keramik qattiq qotishmalar;
4. Mineral-keramik qattiq qotishmalar.
Tayanch iboralar: kukun metallurgiyasi, metall-keramik qattiq qotishmalar , mineral-
keramik
qattiq qotishmalar, plastmassalar, polimerlar,
rezina va poliuretanlar
Umumiy ma’lumotlar
Detall va buyumlarning materiallarini metal kukunlaridan tayyorlash
kukun
metallurgiyasi deb yuritiladi.
Detall va buyumlarni kukunsimon materiallardan tayyorlash jarayoni metall kukunini,
shixtani
tayyorlash, presslash va zagotovkani pishirishdan iborat.
Kunkunlarni tayyorlasning barcha usullarini shartli ravishda ikki guruhga, ya‟ni mexanik
va
fizik-kimyoviy
usullarga bo‟lish mumkin. Materiallarning kimyoviy tarkibini
o‟zgartirmasdan kukun olish imkonini beradigan mexanik usullar o‟z navbatida ikkita mexanik
guruhga bo‟linadi.
1) qattiq holatida sharikli, uyurma va vibratsion
tegirmonlarda maydalash;
2) metallarning eritmalaridan granulyatsiyalash va suyuq metallarni to‟zitish usuli bilan
kukunlar olish.
Bu usulda mo‟rt metallargina jumladan, kremniy, xrom, marganes va boshqalar kukunga
aylantiriladi.
Ba‟zi hollarda suyuq metallni gaz yoki havo bilan purkab maydalanadi. Suyuqlanish
harorati past metallar - qalay, qo‟rg‟oshin,
alyuminiy, mis va uning qotishmalari, temir,
cho‟yan, po‟lat va ferroqotishmalar suyuqligida maydalanadi.
Kukun olishning fizik-kimyoviy usuli metallarning oksidlari va karbidlaridan ularni
qaytarishdan iborat.
Metall kukunlarini o‟lchamlariga ko‟ra quyidagi xillarga ajratish mumkin: o‟ta
mayda
(donining o‟lchami 0,5mk gacha); juda mayda (donining o‟lchami 0,5-10mk); mayda (doninig
o‟lchami 10-40mk); o‟rta (40-150mk) va yirik (150-500mk). Zarrachalarning shakliga qarab
esa: tolali, yassi teng o‟qli (hamma yo‟nalishi bo‟yicha taxminan bir o‟lchamli) larga bo‟linadi.
Kukun materiallarning asosiy texnologik xossalariga to‟kma og‟irligi, oquvchanligi va
presslanuvchanligi kiradi.
Kukunlarning markalanishiga, misol tariqasida temir
kukunlarining markalanishi
keltirish mumkin. Temirning kukunlari ПЖ2K, ПЖ4С, kabi markalanadi. Bunda, ПЖ- temir
kukuni (порошок железный), raqam kimyoviy tarkibi bo‟yicha guruhini, harflar donadorligini,
jumladan, K- yirik (крупный), C-o‟rtacha (средний), M-mayda (мелкий) ni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: