О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

karbyurizator deb ataladi. 
Sementitlash jarayoni qattiq, suyuq va gazsimon karbyurizatorlarda amalga oshirilishi 
mumkin.
Qattiq karbyurizatorda sementitlash uchun tarkibi 70 % pista kо‟mir, 20-25% bariy 
karbonati, 2,5…3,5 % kalsiy karbonatidan iborat aralashma bilan yashikka joylashtirilgan 
detallar kо‟miladi-da, yashikning qopqog‟i yaxshilab, havo kirmaydigan qilib berkitiladi va 
harorati 930…950 
0
C bо‟lgan pechda 5…10 soat davomida qizdiriladi. Odatda, har bir soatda 
buyumning 0,1 mm qalinligi sementitlanadi; tо‟yintirilgan qatlamda uglerod miqdori 
0,95…1,1% ga yetadi. 
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash usulida kо‟p uglerodli gazlardan, masalan, 
uglerod (II) - oksid, tо‟yingan uglevodorodlar (С
n
H
2n+2
) va tо‟yinmagan uglevodorodlar (С
n
H
2n

dan foydalaniladi. 
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash uchun detallar pechning germetik berkitiladigan 
kamerasiga joylashtiriladi va 920…950 
0
C gacha qizdirilib, ularning ustidan gaz о‟tkaziladi. Bu 
jarayon 6…9 soat davom ettirilsa, detallarning 1,2…1,6 mm qalinlikdagi sirtqi qatlami 
uglerodga tо‟yinadi. 
Bu usulning qattiq karbyurizatorda sementitlashga nisbatan kо‟pgina afzalliklari bor. 
Bunda kerakli qatlam qalinligini ta„minlash oson, jarayonni bajarish vaqti kam, uni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjud, ish joyi toza saqlanadi, sementitlash 
uchun maxsus uskunalar qо‟llanilmaydi, shu pechdan foydalanib sementitlangan detalni 
tо‟g‟ridan-tо‟g‟ri toblash mumkin va hokazo. 
Suyuq muhitda sementitlash detallarning sirtqi qatlamlarini uglerodga tо‟yintirib, yupqa 
- 0,5 mm gacha qatlam olishda foydalaniladi. 75…85% Na
2
CO
3
, 10…15% NaCl va 
5…10%SiC 
tarkibli 
aralashmani 
820…850
0

haroratgacha 
qizdirib, 
suyultirib, 
sementitlanadigan buyumni shu muhitga 2 soatgacha botirib turilsa, 0,50 mm gacha qatlam 
uglerodga tо‟yinadi. Aralashmada SiC va Na
2
CO
3
bо‟lganligidan vannada qu‟yidagicha 
reaksiya boradi: 
2Na
2
CO
3
+ SiC = Na
2
SiC +Na
2
O+2СO+С 
Bu usulda ishlatiladigan tuzlar zaharli emas, jarayon tez о‟tadi, detallarning sirti toza 
chiqadi. Sementitlangan detallar toblanib, bо‟shatiladi. 
Kam ma„suliyatli detallar bevosita pechdan chiqarilgandan sо‟ng toblanib, past haroratda 
(150…170 
0
C) bо‟shatiladi. 
Muhimroq detallar sementitlangan keyin havoda sovitiladi va 850…900
0
C gacha 
qizdirilib, toblanadi. Shunday qilinganda detall о‟zagining donalari maydalanadi. Toblangan 
detalning sirtqi qatlamining strukturasi mayda ninasimon martensit, ozroq qoldiq austenit va 
sementitdan, о‟zagining strukturasi esa mayda donalardan iborat bо‟ladi. Sо‟ngra pо‟lat 
bо‟shatiladi. 
Juda muhim detallar 2 marta toblanadi. Birinchi, 850…900 
0
C dan moyda yoki havoda 
toblanib, buyumning о‟zagining donalari maydalashtiriladi, sо‟ngra esa 760…800
0
C da 
toblanib yuza qismida qattiqligi yuqori bо‟lgan, mayda donali martensit, о‟zak qismi esa chala 
toblanib, sorbit bilan ferrit strukturalari aralashmasi hosil qilinadi. Sementitlanib, toblangan 
uglerodli pо‟latlarning yuza qatlamining qattiqligi 60…64 НRC ga, legirlangan pо‟latlarniki 
esa 58…61 НRC ga yetadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin