11-13.3. Po’lat ishlab chiqarish Reja: 1.
Konvertor usuli.
2. Marten usuli
3. Elektr pechlarida po‟lat suyuqlantirish. Po‟lat mashinasozlikda ishlatiladigan muhim metallardan biridir. Cho‟yandan farqli
ravishda po‟latda uglerod va zararli arlashmalar kamroq bo‟ladi. Shuning uchun po‟lat olish
jarayoni mazkur elementlarni chiqarib tashlashdan iborat. Kislorodli-konvertor, marten va
elektr pechlarda po‟lat olish usullari asosiy usullar hisoblanadi.
Konvertor usuli. Avvallari konvertor po‟lati bessemer va tomas konvertorlarida suyuq
cho‟yan orqali havo haydalib olinardi. Hozirgi vaqtda esa yanada ilg‟or va unumli bo‟lgan
kislorodli-konvertor suyultirish usulidan foydalaniladi. Bu usulda suyuq po‟lat solingan
konvertorga yuqori tomondan kislorod haydaladi. Balandligi 11 m, diametri 10 m bo‟lagan
hozirgi zamon konvertorlarining ish unumi yuqori (400 t).
Konvertorning tuzilish sxemasi 28-rasmda keltirilgan. Konvertor po‟lat qobiq bilan
oralgan bo‟lib, uni osongina almashtirish mumkin. Konvertor ustunlarga o‟rnatilgan, u sapfa
o‟qi atrofida erkin aylana oladi. Bu aylanish konvertorni yuklash, namuna olish, tayyor po‟latni
chiqarish uchun zarurdir. Jarayon quyidagidan iborat: avval metall parchalari (ba‟zan temir
rudasi) solinadi, so‟ngra suyuq cho‟yan quyuladi, konvertor vertical holatga o‟tkaziladi va
cho‟yan hamda rudadagi fosforni yo‟qotish uchun ohaktosh qo‟shiladi. Suv bilan sovitilgan
furma pastga tushiriladi va kislorod haydaladi. Cho‟yan aralashmalari shiddat bilan oksidlana
boshlaydi. Birinchi navbatda temir oksidlanadi:
2Fe+O
2
=2FeO+O.
Bir yo‟la aralashmalar ham kislorod va FeO bilan quyidagi reaksiyalar bilan oksidlanadi:
Si + O
2
= SiO
2
+ Q; Mn + FeO = Fe + MnO + Q;
2P + 5FeO = 5Fe + P
2
O
5
+ Q; 2C + O = 2CO - Q.
So‟ngi reaksiya issiqlik yutish bilan kechadi, jarayon normal kechishi uchun issiqlik
konvertorda yetarli. 15-20 min puflangach, konvertor og‟diriladi va undan metall namuna
olinadi. So‟ngra shlak chiqarib tashlanadi, konvertor qayta vertical holatga keltiriladi va puflash
davom ettiriladi. Bu vaqt ichida oksidlanish va shlak hosil bo‟lish jarayonlari quyidagi reaksiya
bo‟yicha davom etadi:
SiO
2
+ 2CaO = 2CaO
SiO
2
; P
2
O
5
+ 4CaO = 4CaO
P
2
O
5
Ikkinchi puflash oxirida FeO dan kislorodni chiqarish maqsadida po‟latga
oksidsizlantiruvchilar - ferroqotishmalar kiritiladi.
Puflash vaqti konvertor sig‟imiga, belgilangan po‟lat markasiga, analiz natijasiga
bog‟liq. Konvertordagi harorat 2000–2500
o
C gacha ko‟tariladi. Suyuqlantirish 50-60 min
davom etadi. Harorat termoparalar bilan o‟lchanadi. Konvertorni boshqarish va undagi ba‟zi
jarayonlar konvertordan bir necha o‟n metr uzoqlikdagi boshqarish pultidan amalga oshiriladi.
Kislorod konvertorlarida soatiga 400 t, marten pechlarida esa 80 – 100 t po‟lat
suyuqlantirish mumkin.