О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Qobiq qoliplarga quyish. Yirik seriyalab va ko‟plab ishlab chiqarishda yuqori aniqlakdagi (12-
15 kvalitetlardagi) shakldor mayda va o‟rta muhim quymalar metal modellar yordamida 
tayyorlanadigan qobiq yarim-qoliplrga quyiladi. Bunda qolip aralashmasi mayda kvars, 
magnezit yoki sirkoniy qumidan (92-95%) va termoreaktiv fenol-formaldegidli smola (5-8%) 
dan tashkil topadi. 
Bu usulda olingan quyma yirik donli strukturaga ega bo‟ladi, shu sababli kerakli 
mexanik xossalar olish uchun quymaga qushimcha termik ishlov beriladi. 
Markazdan qochirma usulida quyish. Bu usulda suyuqlantirilgan metall ma‟lum tezlik bilan
aylanadigan qoliplarga quyiladi: qolip quymaning butun kristallanish jarayonida aylanib turadi. 
Bunda metall markazdan qochirma kuch bilan qolip devorlariga siqiladi va mustahkamligi 
yuqori, zich quymalar olinadi. 
Aylanish gorizontal va vertikal atrofida bo‟lishi mumkin. Ikkala holda ham aylanish o‟qi 
quymaning o‟qiga mos tushadi; quyma devorining qalinligi esa quyiladigan metall miqdoriga 
bo‟g‟liq. 
Bu usul bilan trubalar, silindr shaklidagi vtulkalar, g‟ildiraklar, shkivlar, otish 
qurollarining stvollari va boshqa detallar tayyorlanadi. 
Qolip va sterjen materiallari, ularning turlari 
Metall qo‟ymalarini olishda qoliplardan foydalaniladi. Qoliplar qo‟yidagi turlarga 
bo‟linadi: 
a) 
Bir martalik qoliplar, bunday qoliplar, asosan, qum va gilni suv bilan qorishtirib 
tayyorlanadi; 
b) 
Muvaqqat qoliplar. Bunday qoilplar yuqori haroratga chidamli materiallarni (shamot, 
magnezit, qum, asbest va boshqalarni) gil bilan qorishtirib tayyorlanadi
v) Doimiy qoilplar. Bunday qoliplar, asosan, cho‟yan va po‟latdan (bazan mis va 
alyuminiy qotishmalaridan) tayyorlanadi. 
Shuningdek, qoliplar unga metall quyishdagi holatiga ko‟ra nam va quruq xillarga 
bo‟linadi: 
Nam qoliplar. Bu qoliplardan foydalanish quyma olish siklini qisqartirib, narxini 
arzonlashtiradi. Lekin qoilplar nam bo‟lgani tufayli zich va puxtalikka ega bo‟lmaydi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin