О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Savol va topshiriqlar: 
1. 
Metall ishlab chiqarishdagi metallurgiyaviy jarayonlarni ayting va izohlab bering. 
2. 
Metallurgiyaviy yoqilg‟i nima? Unga misollar keltiring. 
3. 
O‟tga chidamli materiallar haqida tushuncha bering. 
4. 
Cho‟yan nima? Cho‟yan ishlab chiqarish haqida ma‟lumot bering. 
5. 
Domna pechining tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni aytib bering. 
6. 
Po‟lat va uni ishlab chiqarish jarayoni haqida ma‟lumot bering. 
7. 
Marten, konvertor va elektr pechlari, ularning o‟zaro farqi haqida gapirib bering. 
8. 
Rangli metallar ishlab chiqarish jaroyonlarini tushuntirib bering. 
14-Mavzu: Quymakorlik asoslari. Quyma olish usullari 
 
 
 
Reja: 
1. 
Umumiy ma‟lumot. 
2. 
Quyma olish usullari. 
3. 
Qolip va sterjen materiallari, ularning turlari. 
4. 
Suyultirish qurilmalari. 
5. 
Cho‟yan, po‟lat va rangli metallar qotishimalaridan olinadigan quymalar. 
6. 
Quymalarda uchraydigan nuqsonlar. 
 
Tayanch iboralar: quymakorlik, quyma, qoliplar, sterjenlar, suyiltirish qurilmalari, vagranka. 
Umumiy ma’lumot 
 
Quymakorlik detal yoki buyumlarning zagatovkalari ko‟rinishida turli-tuman quymalar 
olish jarayonidan iboratdir. Quymakorlik jarayonida qolip suyultirilgan metall bilan to‟ldiriladi, 


u qotgach, quyma detal - quyma qolipdan ajratib olinadi. Zarur bo‟lsa, quymalarga keyingi 
ishlov berish jarayonida aniq o‟lcham va shakl beriladi. 
Kuzatishlar shuni ko‟rsatadiki, turli mashina detallarining og‟irlik jihatidan qariyb 40-80 
foizi quyma tarzida olinadi. Quymakorlikda metallardan bolg‟a‟lash, shtaplash usullari bilan 
tayyorlash qiyin bo‟lgan va ba‟zan mutloqo tayyorlab bo‟lmaydigan turli og‟irlikdagi (5 g dan 
tortib 300 t gacha va undan ham og‟ir) xilma-xil quymalar, chunonchi, avtomobil va 
traktorlarning silindrlar bloklari, stanoklarning staninalari olinadi. Murakkabligi o‟rtacha 
detalni prokatdan mexanikaviy ishlab olishda 75% gacha, shtamplangan zagotovkani ishlashida 
50% gacha, cho‟yan quymani ishlashida esa 20% gacha metall qirindiga aylanadi. Shu sababli 
ham quymakorlik mashinasozlikda muhin o‟rin tutadi. 
Ma‟lumotlarga ko‟ra quymalarning 75% ga yaqini kulrang cho‟yanlardan, 20% chamasi 
po‟latlardan, 2-3% chasi bolg‟alanuvchan cho‟yanlardan va juda oz qismi rangli metall 
qotishmalaridan olinmoqda. 
Ishlab chiqariladigan quymaning turiga, seriyasiga va boshqa ko‟rsatkichlariga qarab 
quymakorlik korxonalarining quyidagi turlari bo‟ladi: 
1. 
Individual korxonalar. Bu korxonalarda ishlab chiqariladigan quymalar turi tez-tez 
o‟zgarib turadi. 
2. 
Seriyalab quyma ishlab chiqaruvchi korxonalar. Bu korxonalarda ishlab 
chiqariladigan quymalar turi tez-tez o‟zgarmaydi. 
3. 
Ko‟plab quymalar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar. Bu korxonlarda quymalar 
ming-minglab ishlab chiqariladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin