Reja:
1. Mis va uni ishlab chiqarish;
2.
Mis va uning asosiy xossalari;
3. Alyuminiy va uni ishlab chiqarish;
4. Magniy va uni ishlab
chiqarish usullari;
Mis va uni ishlab chiqarish. Rangli metallar va ularning qotishmalaridan elektr hamda
radiotexnikada, mashinasozlik sanoatida va boshqa sohalarda keng ko‟lamda foydalaniladi.
Mis
va uning asosiy xossalari. Sof mis qizg‟ish rangli, cho‟ziluvchan, qovishqoq metalldir.
Suyuqlanish temperaturasi 1083
o
C, zichligi 8,94 g
sm
3
, chuzilishdagi
mustaxkamlik chegarasi
220-240 MPa, qattiqligi Brinell bo‟yicha 330 MPa.
Mis o‟zidan elektr toki va issiqlikni juda yaxshi o‟tkazadi (bu jihatdan mis faqat
kumushdan keyingi o‟rinda turadi). Misning solishtirma elektr qarshiligi 0,0175 Om
mm
2
/m,
solishtirma elektr o‟tkazuvchanligi 57,1 m
Om
mm
2
(po‟latnikidan 7,5 marta ortiq). Mis
korroziyabardosh metall, chunki uning sirtida dastlab hosil bo‟ladigan
nihoyatda yupqa oksid
parda (bu parda misga qoramtirroq tus beradi) uni keyinchalik okisdlanishdan saqlaydi.
Mis tabiatda murakkab birikmalar (sulfid, oksid, karbonat, silikat) tarzida tog‟
jinslari
tarkibida bo‟ladi. Yer qobig‟idagi mis minerallarning 80% sulfidli, 15%
ga yaqini oksidli va
qolgani karbonatli, silikat minerallar bo‟lib,
tarkibida ancha miqdorda qum, giltuproq, ohak,
magniy oksidlari, oz bo‟lsa-da Ni, Zn, Au va boshqa metallar bo‟ladi.
Mis rudalariga
mis kolchedani - CuFeS
2
(tarkibidagi mis miqdori 34,5%), bornit – Cu
FeS
3
Fe
2
O
3
(mis miqdori 55,5%), kuprit – Cu
2
O (mis miqdori 88,8%), malaxit – Cu
CO
3
Cu(OH)
2
(mis miqdori 57,3%) va boshqalar kiradi.
Mis konlari Qozog‟istonda, O‟zbekistonda, Tojikistonda va boshqa joylarda bor.
Metallurgiya korxonalarida mis asosan sulfidli va oksidli rudalardan olinadi.
Dostları ilə paylaş: