Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste’molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib
boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana
savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning
harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
•
Tovarlarni naqd pulga sotilishi;
•
Tovarlarni savdo shahobchalarida savdo ustamalari bilan birga hisobga olinishi;
•
Tovarlarni naqdsiz mayda ulgurji sotilishini chegaralanganligi;
•
Har bir tovarning sotilishini hujjatli rasmiylashtirilmasligi, lekinda kassa apparati
pattasi bilan sotish summasini qayd etilishi;
Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‘zbekiston Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston
Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan.
21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi
ko‘zda tutilgan:
•
2910 «Ombordagi tovarlar» – ushbu schyot asosan ulgurji savdo va ovqatlanish
korxonalarida tovarlarning saqlanish joylaridagi (omborlardagi) holati va harakatini aks
ettirishga mo‘ljallangan.
•
2920 «Chakana savdodagi tovarlar» - ushbu schyot chakana savdo va
ovqatlanish korxonalarida (magazinlar, kioskalar, bufet va boshqa shahobchalardagi)
tovarlarning holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
•
2930 «Ko‘rgazmadagi tovarlar» - ushbu schyot ulgurji, chakana va ovqatlanish
korxonalarining reklama qilish maqsadida ko‘rgazmalar va yarmarkalarga qo‘yilgan
tovarlarini holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
•
2940 «Vaqtincha foydalanishga beriladigan buyumlar» – ushbu schyot maxsus
shahobchalar orqali to‘lov asosida vaqtincha foydalanishga qo‘yilgan buyumlarni holati
va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan.
•