134
ko‘rsatiladi. To‘lov topshiriqnomasi korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan
imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l
fondi va
boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisiz uning
hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozma topshiriqnoma.
Memorial –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchun
korxonaning hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat.
Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari
asosida shartnomada
ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun
ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pul
mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar
asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari
barcha kirim va chiqimga
guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini
yuritishga asos bo‘ladi.
Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 5110 «
Hisob-kitob
schyoti»da britiladi. Ushbu aktiv schyotning debet tarafida pul mablag‘larining qoldig‘i
va ko‘payishi, kredit tarafida esa kamayishi aks ettiriladi. Ayrim hollarda bank tuzilgan
shartnomaga muvofiq mijozning iltimosiga ko‘ra hisob –kitob schyotidan unda mavjud
bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lgan summani chiqim qilishi mumkin.
Bunday hollarda
hisob- kitob schyotining qoldig‘i vaqtincha kreditda bo‘lib qoladi va u korxonaning bank
oldidagi kreditorlik qarzini ifodalaydi. Ushbu kreditorlik qarzi
overdraft deb ataladi.
Hisob -kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi
buxgalteriya yozuvlari qilinadi.
Dostları ilə paylaş: