3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Debitorlik qarzlarning boshlang‘ich (dastlabki) qiymati



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Debitorlik qarzlarning boshlang‘ich (dastlabki) qiymati deganda ularning 
vujudga kelgan sanasidagi qiymati tushuniladi. Ushbu qiymat bo‘lib, odatda, schyot-
faktura va dalolatnomalarda ko‘rsatilgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish bahosidagi qiymati hisoblanadi.
Debitorlik qarzlarning sof qiymati deganda haridor va buyurtmachilarga 
berilgan pulli chegirmalar, savdo chegirmalari, ulardan qaytib kelgan tovar-moddiy 
boyliklar, shubhali qarzlar summalari ayirilib tashlangandan keyin, shuningdek chet el 
valyutalari kurslari va milliy valyuta kursi o‘rtasidagi farqlar hisobga olib topilgan 
qiymat tushuniladi.
Pulli chegirmalar – bu jami olinadigan schyotlar summasining ma’lum bir 
qismini rag‘batlantirish vositasi sifatida haridor va buyurtmachilar ixtiyorida 
qoldiriladigan qismi. Bunday chegirmalar, odatda, sotuvchi tomonidan debitorlik 
qarzlarni tezroq o‘ndirib olish, shubhali qarzlarni vujudga kelishining oldini olish 
maqsadlarida beriladi. Pulli chegirmalar olinadigan schyotlar summasiga nisbatan foizlar 
ko‘rinishida yoki qat’iy summada belgilanishi mumkin. 
Savdo chegirmalari – bu tovarlarni tezroq katta miqdorda sotish maqsadida, 
shuningdek ularni reklama qilish maqsadida haridorlar foydasiga sotib olishda tovarning 
sotish bahosidan kamaytiriladigan qismi.
Qaytarilgan tovar-moddiy boyliklar qiymati– bu haridor va buyurtmachilarga 
jo‘natilgan, lekinda ma’lum sabablarga ko‘ra ular tomonidan qaytarib berilgan, shuning 
uchun kelib tushadigan debitorlik qarzlar summasidan ayirib tashlanadigan qiymat.
Olinadigan schyotlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

Olinadigan schyotlarni asosli tan olish va real baholash;

Olinadigan schyotlarni vujudga kelishi va qoplanishini o‘z vaqtida tegishli 
hujjatlar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirish; 

Olinadigan schyotlarni mazmuni, harakteri va boshqa belgilari bo‘yicha ular 
uchun ko‘zda tutilgan schyotlarda aks ettirish; 

Olinadigan schyotlarning holati va harakati ustidan doimiy nazoratni olib 
borish; 

Olinadigan schyotlarni o‘z vaqtida kelib tushushini, to‘lov muddatini o‘tib 
ketmasligi ustidan doimiy nazorat qilish; 

Kelib tushushi shubhali hisoblangan debitorlik qarzlarni sud organlari orqali 
o‘ndirib olinishini yoki korxona hisobidan to‘g‘ri chiqarilishini nazorat qilish

Olinadigan schyotlar bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli 
organlarga yetqazish va boshqalar. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin