3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
 
7.4.Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklarning hisobi 
 
Byudjetga to‘langan bo‘naklarning hisobi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq 
Kodeksi, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lashga muvofiq
korxonalar soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirib 
borishlari lozim. Bunday bo‘nak to‘lovlari, jumladan, aksiz solig‘i, QQS va 
daromad(foyda) solig‘i va boshqa soliqlarga bevosita dahldordir. 21-son BXMS ga 
muvofiq byudjetga to‘langan bo‘nak to‘lovlari bilan bog‘liq debitorlik qarzlarning hisob-
kitoblari 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari 
bo‘yicha)” schyotida aks ettiriladi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida 
soliqlar va yig‘imlarning har bir turiga alohida schyotlarni ochishlari mumkin, masalan, 
4411 “QQS bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari”, 4412 “Aksiz bo‘yicha byudjetga 
bo‘nak to‘lovlari” 4413 “ Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha byudjetga bo‘nak to‘lovlari” 
va shu kabi boshqalar. Ushbu schyotlarning debet tarafida va 5110 « Hisob–kitob 
schyoti»ning kreditida byudjetga o‘tqazilgan bo‘nak to‘lovlari to‘lov topshiriqnomalari 
yoki soliq idorasining inkasso topshiriqnomalari asosida aks ettiriladi. Hisobot davri 
tugagach, soliq bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilganda, ushbu schyotlar
oxirgi qarzni topishda e’tiborga olinadi, ya’ni: 
Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» 
Kredit 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari 
bo‘yicha)” 
Agar bo‘nak to‘lovlari hisoblangan qarzlardan ko‘p bo‘lsa, u holda 6410-schyot 
(soliq turlari bo‘yicha) yopilib, qoldiq 4410-schyotda (soliq turlari bo‘yicha) qoladi. Agar 
hisoblangan qarzlar bo‘nak to‘lovlaridan ko‘p bo‘lsa, u holda 4410-schyot (soliq turlari 
bo‘yicha) yopilib, qoldiq 6410-schyotda (soliq turlari bo‘yicha) qoladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin