Nomoddiy aktivlarga obyektlami yuritish tartibi va ulaming tarkibi 7-son BXMS ga muvofiq tartibga solinadi.
Nomoddiy aktivlar - moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo'lmagan, xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo'jalik faoliyati uzoq muddat (1 yildan ortiq foydalanish yoki boshqarish uchun) nazorat qilinadigan
obyektlardir.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga yer, suv va boshqa tabiat resurslaridan
foydalanish huquqi, patentlar, nou-xau, gudvil (fmna bahosi) korxonani
tashkil qilish davrida vujudga keladigan tashkiliy xarajatlar, mualliflik
huquqlari, sanoat namunalariga huquq, elektron hisoblash mashinalari
uchun dasturiy mahsulotlar va boshqa nomoddiy aktivlar kiradi. Nomoddiy
aktivlar boshlang'ich bahoda quyidagicha tartibd~ hisobga olinadi:
1. Ta'sischilar tomonidan korxona ustav kapitaliga ulaming qo'yilmalari
hisobiga kiritilsa, tomonlaming kelishuv bo'yicha.
2. Haq to'lash evaziga boshqa korxona va shaxslardan olinsa sotib
olish va tayyor holatga keltirish bo'yicha sarflangan haqiqiy xarajatlardan
iborat.
3. Boshqa kOJ:xona va shaxslardan tekinga olinsa, eksport yo'li
bilan.
4. O'z korxonasida ilmiy tadqiqot ishlari natijasida olingan bo'lsa,
haqiqiy tannarxi bo'yicha.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning
vazifalari quyidagilardan iborat:
- nomoddiy aktivlami boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga
bo'lib, ulami hisobga olishni tashkil qilish;
- nomoddiy aktivlami joriy hisobda va buxgalteriya balansida
tegishli andozalarga hamda me'yoriy hujjatlarga asosan to'g'ri va o'z
vaqtida baholash;
- korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo'yicha
buxgalteriya hisobi andozalariga va me'yoriy hujjatlarga asosan amortizatsiya
hisoblash;
- mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilannonlik
bilan samarali foydalanishni tashkil qilish; /
- eskirgan, xo'jalik uchun oshiqcha bo'lgan nomoddiy aktivlami
o'z vaqtida hisobdan chiqarishni ta'minlash;
- hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo'yicha moliyaviy natijalami
to'g'ri va o'z vaqtida aniqlash.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlami hisobga olishni soddalashtirish
maqsadida ulami turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Amaliyotda nomoddiy aktivlaming quyidagi turlari mavjud:
Patentlar - korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan
guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me'yoriy
hujjatlar asosida sotib olinadi.
Nou-xau - ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati davomida foyda
keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta'sischilar kelishuvida aniqlangan
qiymat bo'yicha korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish
mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi
texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlami o'z ichiga oladi.
Tovar belgilari, savdo markalari va atamalari - belgilangan
tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda boshqa fmnalar tomonidan ruxsat
berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza qilingan
korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari.