13.4.Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzish Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotning (4-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonada
hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul
mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks
ettirish hisoblanadi. Hisobot to‘rtta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunlarida
hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi.
Hisobotning 3 va 4- ustunlarida mos ravishda pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga
doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ikki bo‘limdan iborot bo‘lib, uning birinchi
bo‘limida milliy valyutadagi pul mablag‘larining holati va harakati, ikkinchi bo‘limida
esa chet el valyutasidagi pul mablag‘larining holati va harakati O‘zbekiston respublikasi
Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi.
Hisobotda pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar korxonaning pul oqimlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bevosita faoliyat turlari bo‘yicha guruhlashga yo‘naltirilgan.
9-son BHMS “ Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq korxonalarning pul
oqimlarini asosan quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha guruhlash ko‘zda tutilgan:
•
Asosiy (operatsion ) faoliyat bo‘yicha –ushbu guruhda mahsulot, tovar, ish va
xizmatlarni sotishdan olingan tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun
ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad
solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar va boshqa asosiy
faoliyatga doir to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida
(010-050 satrlar) aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi asosiy faoliyatga doir pul
mablag‘larining
kirim
va
chiqimi
ma’lumotnomaning
261,262,264,271,273-
ustunchalarida ko‘rsatiladi.
•