242
Auditning predmeti deganda auditorlik tekshiruvi o‘tqaziladigan ob’ektlar majmuasi
tushuniladi. Bunday ob’ektlar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy
xo‘jalik
faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi barcha jarayonlar va operatsiyalar,
xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larni tashkil topish manbalari,
hisob-kitoblar, o‘zaro
munosabatlar, moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, ularni aks ettiruvchi
boshlang‘ich, oraliq va yig‘ma hujjatlar, moliyaviy
va statistik hisobotlar, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari hamda boshqa ma’sul va moddiy javobgar
shaxslarning faoliyatlari,
buyruqlar, qarorlar va boshqalar hisoblanadi. Faoliyat sifatida
audit yuqorida keltirilgan ob’ektlarni tekshirish, ularga baho berish va biron-bir xulosaga
kelishni bildiradi. Iqtisodiy fan sifatida audit belgilangan ob’ektlarni tekshirish tartibini,
tekshirish natijalarini chiqarish, rasmiylashtirish va tadbiq etish usullarini o‘rgatadi.
Auditning predmeti va ob’ektlari belgilangan auditorlik
tekshiruvining turiga,
maqsadiga va unga qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, kompleks
auditning predmeti sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir hisobot yillardagi
moliyaviy xo‘jalik faoliyati olinishi mumkin. Tematik
auditning predmeti sifatida
buxgalteriya hisobining ma’lum bir bo‘limi yoki moliyaviy xo‘jalik faoliyatining aniq
ko‘rsatkichi tanlab olinishi mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, auditning
predmeti
va ob’ektlari juda keng qamrovlidir.
Auditni faqat buxgalteriya hisobiga tegishli deb o‘ylamaslik kerak. Buxgalteriya
hisobi, unda aks ettiriladigan ob’ektlar (1-bobga qarang), albatta, auditning muhim
ob’ektlari hisoblanadi. Shuning bilan birga auditning ob’ektlari bo‘lib
boshqaruv
hujjatlari ( biznes-reja, buyruqlar, qarorlar, ustav, shartnomalar, bayonnomalar), ma’sul
va moddiy javobgar shaxslar faoliyati, ular o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar ham
hisoblanadi (15-chizmaga qarang).
Dostları ilə paylaş: