243
Audit fan sifatida «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Tarmoqlarda
buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy tahlil», «Boshqaruv tahlili», «Moliya», «Soliq va soliq
solish» va shu kabi korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini turli jabxalarini
o‘rganuvchi barcha boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ushbu fanlar
beruvchi iqtisodiy bilimlarsiz,
bir tomondan, audit fanining mohiyatini to‘liq tushunib
bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan auditni amaliy faoliyat sifatida o‘tqazib bo‘lmaydi.
Bilimdan auditor bo‘lish ushbu tizim xodimlaridan barcha iqtisodiy
bilimlar sohalarini
nazariy asoslarini, shuningdek amaliy ko‘nikmalarini chuqur bilishni ta’qazo etadi.
14.3. Auditning metodi va unda qo‘llaniladigan usullar
Audit tekshirish ob’ektlarini
makon va zamonda mavjudligiga, ularni doimiy
rivojlanish dialektikasiga asoslanadi. Aynan shunday yondashish
auditning faoliyat va
fan sifatidagi metodini tashkil etadi.
Audit metodining mohiyati uning ob’ektlarini aks ettirish va o‘rganishda
qo‘llaniladigan usullarning mazmunida o‘zining yorqin aksini topadi. Bunday usullar
bo‘lib,
jumladan, quyidagilar hisoblanadi (16-chizmaga qarang)
Dostları ilə paylaş: