25
II-bo‘lim.
«Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning
yuridik va jismoniy
shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida qatorda,
ikkala
bo‘lim summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks ettiriladi.
Ayrim moddalar bo‘yicha qavs ichida o‘zaro ayirmalar ko‘rinishida ko‘rsatilgan
schetlar ularning birinchisini summasidan ikkinchisini summasini ayirib tashlagandan
keyin qoladigan summani shu qatorga yozishni bildiradi . Bundan tashqari buxgalteriya
balansida ma’lumotlar mos ravishda hisobot davr boshiga
va hisobot davr oxiriga
alohida ustunlarda ko‘rsatiladi. Bu balans
moddalaridagi o‘zgarishlarni vizual nazorat qilib borish imkonini beradi (2-ilovaga
qarang).
Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tasavvurni ravshanlashtirish
uchun quyida uning
qisqartirilgan shakli va tarkibi shartli ma’lumotlar bilan keltirilgan.
«Bahor» xususiy korxonasining buxgalteriya balansi
(ming sum hisobida)
Aktiv
Summa
Passiv
Summa
1- bo‘lim. Uzoq muddatli
aktivlar
1-bo‘lim.
O‘z
mablag‘larining manbai
Asosiy vositalar
2000
Ustav kapitali
5000
Nomoddiy aktivlar
100
Taqsimlanmagan foyda
1000
Moliyaviy investitsiyalar
500
Rezervlar
200
1-bo‘lim bo‘yicha jami
2600
Dostları ilə paylaş: