88
Maqsad.
I. Aniqlov bog’lovchilari: ya’ni, -ki, -kim.
Yozuvda ya’ni bog’lovchisidan oldin,
-ki, -kim bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yiladi.M:
Hasan akam, ya’ni
xolamning o’g’li bu yil o’qishga kirdi. Achinarlisi shundaki, hech kim bu xabarni
aytmagan.
II. Sabab bog’lovchilari: chunki, nainki, negaki, zero, zeroki. Yozuvda
chunki,
negaki, nainki bog’lovchilaridan oldin,
zero, zeroki bog’lovchilaridan keyin
vergul qo’yiladi. M:
Bugungi yig’ilishga hamma qatnashdi, chunki muammoli
masalalar yechilishi aytilgan edi.
III. Shart bog’lovchilari: agar, gar,
basharti, agarda, garchi, garchand,
mabodo. M:
Agar ko’p o’qisang, o’qishga, albatta, kirasan.
IV. Maqsad bog’lovchisi: toki. –toki bog’lovchisidan oldin yozuvda vergul
qo’yiladi. M:
Iste’dodingni namoyon qil, toki hamma bilsin.
YUKLAMA
So’z yoki gaplarga qo’shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklamalar
deyiladi. Yuklamalar 2 xil bo’ladi: sof va vazifadosh.
1. Sof yuklamalar: faqat, naq, go’yo, xuddi, -ku, -u, -yu, -da.
2. Vazifadosh yuklamalar: ham, yolg’iz, -gina, -dir, na…, na….
Ular tuzilishiga ko’ra 2 xil:
1. So’z yuklamalar: axir, xuddi, faqat, hatto, hattoki, ham, nahot, nahotki,
go’yo, go’yoki, xolos, naq, hech, sira, na…, na…
2. Qo’shimcha yuklamalar: -u, -yu, -da, -oq, -yoq, -gina, -mi, -chi, -dir, -a, -ya.
Ular quyidagicha yoziladi:
a)so’zga qo’shib yoziladi: -dir, -mi, -oq, -yoq, -gina. M:
Onam kelgandir. To’yga
uni aytdingmi?
b) so’zdan ajratib yoziladi: -ku, -da, -a, -ya, -chi, -u, -yu. M:
Rustam vaqtida keldi-
ku.Men-chi? Sen-a?
Yuklamalarning ma’no va vazifasiga ko’ra turlari. Yuklamalar ma’no va vazifasiga
ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. So’roq va taajjub.
2. Ta’kid.
3. Ayiruv-chegaralov.
4. Kuchaytiruv.
5. Inkor.
6. O’xshatish-
qiyoslash.
7.
Gumon
1. So’roq va
taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. M:
Kitobni o’qidingmi?
O’zing-chi?
2. Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu.
Sen-ku hamma narsani muammo
qiladigan.
3. Ayiruv-chegaralov yuklamasi: -gina (-kina, -qina), faqat, xolos. Bu yuklamalar
turli so’z turkumlari bilan kelishi mumkin.
Faqat yuklamasi ba’zan
yolg’iz sifati
bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. M:
Yig’ilishga yolg’iz men bordim. (yuklama)
Dugonam uyda yolg’iz o’tiribdi.(sifat)
Ayirish-chegaralash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun
faqat va
–gina
yuklamalarini birgalikda qo’llaymiz. M:
Yo’lchini bu hayotda faqatgina shu
Dostları ilə paylaş: