89
-yoq.M: Nahot Xolmat ota endi o’g’lini hech qachon ko’rmasa. Bu gapni
eshitganida qo’shnimiz g’irt mast edi. Kuchaytiruv yuklamalari gapning ma’lum
bir bo’lagini yoki butun gapning ma’nosini kuchaytiradi.
Eslatma: Maktab darsliklarida yuklamalar ma’no va vazifasiga ko’ra 6ta turga
ajratilgan, ya’ni kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari birlashtirilgan.
5. Inkor yuklamasi: na… , na…; hech, aslo, sira. M:
O’glim, also bo’lmaydi
urush.
Eslatma: Inkor yuklamalari qatnashgan gapning kesimi ,asosan,
inkor shaklda
bo’ladi.
6. O’xshatish-qiyoslash (aniqlov) yuklamalari: go’yo, go’yoki, xuddi, naq. M
:
Onasini ko’r-da, qizini ol, chunki qizlar xuddi onasiga o’xshaydi.
7. Gumon yuklamasi: -dir.
O’quvchilar aybini tushungandir.
Eslatma: 1. -dir qo’shimchasi to’rt o’rinda omonimlik hosil qiladi. M:
Til aloqa
vositasidir.(bog’lama) Qiziqchi hammani boplab kuldir.(nisbat) Tog’larga qor
yog’gandir.(yuklama) Bolalar qayergadir ketishdi. (gumon olmoshi) 2. –ku, na…,
na… yuklamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo’lib, qolganlari uslubiy
betaraf.3.Ham yuklamasi ba’zan –da shaklida ham aytilishi va yozilishi mumkin.
M-n:
Yunus ota choy ichishni-da unutdi.
1-topshiriq: Gaplar tarkibidan gumon yuklamasini aniqlang.
1.
U musobaqa g’olibidir. 2.Sizni yo’qlab kelgandir. 3.Suv hayot manbayidir.
4.”O’lsa o’lgandir, bung anima janjal!” – deb qo’yadi yana birov. 4.G’afur aka
va’da qilgan she’rini yozayotgandir. 5.Hamma bolalarga matnni yozdirsa,
bog’dagi ishlarni kim qiladi.
ALOHIDA OLINGAN SO’ZLAR
Alohida olingan so’zlarga quyidagilar kiradi:
1. Modal so’zlar. 2. Undov so’zlar. 3. Taqlid so’zlar.
Modal so’zlar.
Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildiradigan
so’zlar modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlar gap bo’laklari bilan grammatik
jihatdan bog’lanmaydi. M:
Yaxshi o’qigan, albatta, o’qishga kiradi. Modal so’zlar
gap mazmuniga hech qanday ta’sir qilmaydi. M:
Yaxshi o’qigan o’qishga kiradi.
Modal so’zlar sintaktik vazifa bajara oladi, ya’ni
gapda kesim, kirish so’z va so’z-
gap bo’la oladi. M:
Kelajakdan umidlarim bor.
Xayriyat, omon qolibsan.
Modal so’zlar morfologiyada, kirish so’zlar esa sintaksisda o’rganiladi. Hamma
modal so’z kirish so’z bo’lib kelishi mumkin, lekin barcha kirish so’zlar modal
so’z bo’la olmaydi.
Modal so’zlar gapda vergul bilan ajratiladi. Agar modal so’z
gapning boshida
kelsa, undan keyin, o’rtasida kelsa har ikki tomonidan, oxirida kelsa,
undan oldin
vergul qo’yiladi.M:
Afsus, o’ylagan niyatiga yeta olmabdi. Umidingizni uzmang,
shubhasiz, sog’ayib ketasiz. Hamma harakatlar bekor ketibdi, esiz.
Modal so’zlar ikki xil bo’ladi:
1. Sof madal so’zlar: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli,
avvalo,
avvalambor, xullas, koshki, masalan, bor, yo’q.
2. Vazifadosh modal so’zlar: chamasi,aftidan, ehtimol (ot); shubhasiz, so’zsiz,
90
tabiiy (sifat); bo’pti, aytganday, aytmoqchi (fe’l). M
: Qo’zilarning hammasi
topildi, chunki cho’ponning chamasi to’g’ri chiqqan edi. (mustaqil so’z) Chamasi,
yig’lish bo’lmaydi.(modal so’z).
Eslatma: Modal so’z vazifasida kelgan mustaqil so’zlar tarkibidagi qo’shimchalar
ajratilmaydi.Ularga quyidagilar kiradi: so’zsiz, aftidan, chamasi, shubhasiz,
aytmoqchi, aytganday. M:
So’zsiz, bu harakating bilan maqsadga erishasan. Bu
Dostları ilə paylaş: