108
8. O’xshashlikni:
ona – Vatan;
Sahnaga gul ko’targan gulchalar-qizchalar
chiqdilar. Bunda izohlovchi va izohlanmishning orasiga chiziqcha qo’yiladi.
Daraxtlarning xivich sochini yaproq-ro’molchalar o’ragandir.
Izohlovchili birikmalarda izohlovchi va izohlanmish o’rnini almashtirish ma’noga
ham so’z birikmasidagi so’zlararo munosabatlarga ham ta’sir etmaydi.
Ayol
hamshira birikmasida
ayol izohlovchi,
hamshira izohlanmish bo’lsa,
hamshira
ayol birikmasida, aksincha,
hamshira izohlovchi,
ayol izohlanmish.
Izohlovchilarning sifatlovchi aniqlovchilarda farqi:
1.Sifatlovchi sifatlanmishning
belgisini bildiradi, sifatlovchi, asosan, sifat
bilan
ifodalanadi: qizil gul. Izohlovchi esa ot bilan ifodalanib,
uni qayta nomlash uchun
ishlatiladi:
professor G’ozi Olim Yunusov.
2.Sifatlovchi gapda o’zicha alohida so’roqqa javob bo’ladi va mustaqil gap bo’lagi
vazifasida keladi. Izohlavchi va izohlanmish bitta so’roqqa javob bo’ladi va gapda
bitta bo’lak vazifasini bajaradi.
Yaxshi inson farosatli bo’lishi kerak. Shoira
Zulfiyaning she’rlari o’qildi.
3.Sifatlovchining gapdagi o’rni qat’iy, ya’ni sifatlanmishdan oldin keladi.
izohlovchi esa izohlanmishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin:
mayin(aniqlovchi) shabada (aniqlanmish); usta Olim – Olim usta
Eslatma: Izohlovchi taxallus va o’xshatish ma’nolarini bildirganda, izohlovchi va
izohlanmish o’rtasiga tire qo’yiladi:
Erk kuychisi – Abdulhamid Cho’lpon
she’rlarini sevib o’qiyman.
1-topshiriq: Gaplar tarkibidan aniqlovchilarni toping va ular qaysi gap bo’lagiga
tobelanganligini aniqlang.
1.Hunari va odobi bo’lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. 2Hunar bilan
davlat birikishi barcha nodir narsalardan ham qimmatliroqdir. 3.Kasb ayla nishot
mehnat oyinlik aro, kum ishrat umidi keldi g’amginlik aro. 4.Tikansiz gul, sadafsiz
dur, mashaqqatsiz hunar bo’lmas. 5. Kissayi purzar emish elga hunar, behunar
elni derlar rishi xar. 6.Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, ruhiga tarbiya berar
ekan, unday ilm va hunar o’z egasini har doim qo’llab-quvvatlaydi.
2-topshiriq: Aniqlovchilarning turlarini va qaysi so’z turkumi bilan
ifogalanganligini aniqlang.
1.Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, o’zingga sen hunardin o’zgani
ota bilma. 2.Kamol ahli aro, albatta, topg’ay izzati oily, har qaysi kasbida har
kimsakim qildi hunar ixlos. 3.Har bir hunarg’a bordur mushkul base mashaqqat,
beranj muft davlat bor elga nogahonda. 4.Hojatmand kishini noumid qaytarma.
5.Agar yerga topshirsang bir arpa dona, o’rim payti berar bir yuz dona.
6.Rayimbek dodxoh qilich yalanglab, sipohlar oldida olomonga qarab yugurdi.
Biroq uning bu g’ayrati o’zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo’minjon
ismlik bir miltiq ustasining otgan o’qi bilan ko’kragidan yaralanib yiqildi.
To’ldiruvchi. Gapning biror bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’lanib,uni
to’ldirib kelgan ikkinchi darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi:
Men unga qaradim.
To’ldiruvchilar ko’pincha kesimga bog’lanadi: U eshikni sekin yopdi.
To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi:
1. Vositasiz to’ldiruvchi
109
2. Vositali to’ldiruvchi
Vositasiz to’ldiruvchi. Odatda kesimda anglashilgan harakatni to’g’ridan to’g’ri
o’z ustida olgan predmet yo kimsani bildiruvchi va kimni?, nimani?, qayerni?
so’roqlariga javob bo’luvchi so’z vositasiz to’ldiruvchi sanaladi.
Vositasiz to’ldiruvchilar belgili va belgisiz tshum kelishigi
shakllari bilan
ifodalanadi va har doim o’timli fe’lga bog’lanadi:
Shoirlari she’rin yozadi.
Vositasiz to’ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:
1)ot bilan:
Mezbonlar mehmonni ko’rib quvonib ketishdi.
2)olmosh bilan:
Hammani o’ynatish shart.
3)harakat nomi bilan:
Yozishni yomon ko’raman.
4)ibora bilan:
Qo’shnimizning tarvuzi qo’ltig’idan tushganini eshitdim.
5)ajralmas birkma bilan:
Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan o’tkazib
Dostları ilə paylaş: