60
muammosiz rivojlanayotganga o’xshaydi. Biroq, hali echimini kutayotgan
muammolar talaygina. KBXT ni makroiqtisodiyot, xududlar bo’yicha bashoratlash
muammo-lariga kelsak, buning uchun matematika va statistika apparatining turli
bashoratlash
usullaridan
foydalanish
mumkin.
Oldingi
bo’limlarda
ta’kidlanganidek, ular sifatiy va miqdoriy usullarga ajraladi
24
.
Sifatiy usullar biron sohaga oid mutaxassislar fikrini bilish, o’rganish orqali
rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisaga tashxis qo’ysa, miqdoriy usullar
iqtisodiy-matematik usullarga tayanadi.
Miqdoriy turga kiruvchi ekonometrik usulning taqsimot qonunlari real
ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni
nazariy
va
ehtimolli
modellash-tirishda
qo’llaniladi.
25
Taqsimot qonunlari, ular tayanib ish ko’ruvchi tasodifiy miqdorlar xarakteri
bo’yicha diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar taqsimot qonunlariga ajraladi.
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy jarayonni bashoratlash davrlarlar bilan farqlanadi:
qisqa muddatli (1 yilgacha, ammo odatda bir chorak);
o’rta muddatli (1 yildan 3 yilgacha);
uzoq muddatli (3 yil va undan ko’proq).
26
Taqsimot qonunlari normal taqsi-motdan kelib chiqadi. Diskret tasodifiy
miqdorlar bilan ish ko’ruvchi taqsimotlarga binominal, Puasson, geometrik
taqsimot qonunlari kiradi.
Uzluksiz tasodifiy miqdorlardan foydalanib ish ko’ruvchi taqsimot qonunlari
o’z ichiga normal, Fisher,
-kvadrat, lognormal, Styudent, eksponentsial
taqsimotlarni oladi.
27
Bashoratlash davri qanchalik uzoq bo’lsa, axborotning
ishonchliligi shuncha past bo’ladi va aksincha.
Dostları ilə paylaş: