Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


 Raqobat kurashi sharoitida firma faoliyati yoki faolligini belgilovchi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

4.2. Raqobat kurashi sharoitida firma faoliyati yoki faolligini belgilovchi 
asosiy ko’rsatkichlar. 
Garvard universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi 
kuchlarni quyidagicha guruxlagan: 
1. Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat. 
2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tarmoq-dagi 
xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi. 
3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi. 
4. Xom-ashyo va butlovchi qismlar etkazib beruvchilarning o’z shartlarini 
o’tkazishga urinishlari. 
5. Xaridorlarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari. 
Bu tahlil firma mazkur tarmovda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay shartlar 
va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi. 
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan. U mazkur modelni 
asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi kanchalik yukori bo’lsa, 
mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam 
bo’lishini ta’kidlagan edi. Buning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay 
imkoniyatlar vujudga keltiradi. Kompaniya uz strategiyasini o’zgartirib, ushbu 
kursagkichlarni o’z foydasiga o’zgargirishi mumkin. 
Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) 
kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu 
xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, uz daromadlarini kupaytirishi 
mumkin. Bu omil raqobatchilik kuchi to’siqdarining (tarmoqka kirish qiymatining) 
balandligiga kuchli darajada bog’liq. Bunday to’siqlarning uch asosiy manbai bor. 
-xaridorlarning savdo markasiga sodikligi (kirib kelayotgan kompaniyalar 
buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin); 
-xarajatlar buyicha mutlak ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada 
kamligi mavjud kompaniyalar uchun, yangi kompaniyalar erishishi kiyin bo’lgan 
katta ustunliklarni beradi); 


65 
-kulamdan tejash (bunday ustunlikka, odatda, katta kompaniyalar ega 
bo’ladilar). U ya’ni, standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda 
xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta 
mivdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning 
kamaytirilishi va xakazolar bilan bog’liq. Bularning barchasi ishlab chiqarishni 
endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta kiyinchiliklar tugdiradi. 
Porter nazariyasi buyicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmovda mavjud bo’lgan 
kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu erda kam turt omilning ta’sirini ko’rsatib 
utish mumkin:
-tarmoqdagi; 
-raqobat tuzilmasi; 
-talabning shart-sharoitlari; 
-tarmoqka kirish to’siqlarining balandligi. 
Tarmoqdagi raqobatning to’zilmasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga 
(uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) 
bog’liq. Fragmentlangan tarmoqda potentsial xatarlar qulay imkoniyatlarga 
Karaganda kup rok bo’ladi, chunki bunday tarmotslarga kirib kelish nisbatan engil. 
Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda, odatda, katta va mustakil kompa-niyalar 
faoliyat ko’rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshka 
raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir kiladi, natijada ular tezda 
bunga javoban xarakat kiladi va raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning 
«narx urushi» olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday 
xollarda kompaniyalar sifat ustunliklari buyicha raqobatlashishga intiladilar, ya’ni 
«raqobatchilik urushi» savdo markasiga sodiklik va «narx urushi» extimolini 
kamaytirish mavkelaridan olib boriladi. Bunday taktikaning muvaffakiyati 
tarmoqda maxsulotni tabakalash imkoniyatlariga bog’liq. 
Tarmoqda talabning o’sib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda 
ekspansiya uchun katta imkoniyatlar vujudga kelishiga olib keladi Talab bozor 
bilan birga o’sib boradi. Kompaniyalar investitsiyalarning kaytish tezligini oshirish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ularga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. 


66 
Aksincha, usishning sekinlashuvi raqobatni kuchaytirib yuboradi, natijada, 
kompaniyalar sotish bozorlarini fakat boshka kompaniyalardan tortib olish 
hisobigagina qo’lga kiritishlari mumkin bulib qoladi. Shunday kilib, talabning 
kamayishi raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xavfdir. 
Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish to’siqlari jiddiy xavfga aylanadi. 
Chiqish to’siqlari ikdisodiy va hissiy omillar bulib, ular kompaniyaning daromadi 
juda oz bo’lgan xollarda ham qo’llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab 
chiqarish quvvatlari paydo bo’ladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib 
keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan quvvatlardan foydalanishga urinib, 
narxni pasaytirib yuboradilar. 
Odatda chiqish to’siqlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil ishlarga 
ishlatib bo’lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, uskunalarni tashlab 
yuborishga to’g’ri keladi; 
-chiqish qiymatining ishdan bo’shatiladigan ishchilarga to’lanadigan 
mablag’lar hisobiga qatiy belgilab qo’yilganligi; 
-xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi strategik o’zaro munosabatlar, 
masalan, senergizm yoki ular o’rtasidagi integratsiya; 
-tarmoqga iqtisodiy bog’liqlik; masalan, agar kompaniya di- versiyalanmagan 
bo’lsa, u tarmoqda qolishga majbur bo’ladi. 
Tarmoqdagi firmaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning tsikli 
mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal sur’atlar bilan usishi 
raqobat kuchlarini zaiflashtirib kuyadi. Bu boskichda ekspansiya va bozor 
sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Usish se- 
kinlashgan paytda raqobatning va ayniksa, narx raqobatining xavfi kuchayib 
ketadi. Etuklik boskichida raqobat xavfi ka- mayadi, narx raqobatini narx 
peshkadamlarining kelishuvi hisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. 
Shuning uchun bu boskichda daromadlar nisbatan yukori bo’ladi. Bu boskichda 
narxga bog’liq bo’lmagan raqobat katta rol uynashi mumkin bulib, u mahsulotlarni 
tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muhimdir. 


67 
Tanazzul boskichida vaznyat o’zgaradi. Chiqish to’siqlari yukori bo’lsa, raqobat 
juda kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi. 
Porterning «uchinchi kuchi» xaridorlarning «savdolashish» imkoniya-tidir. U 
eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga tazyik 
kursatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning 
o’sishiga va daromadning ortishiga yo’l qo’yadilar. Xaridorlar kuyidagi xollarda, 
ayniqsa, kuchli bo’ladi: 
-etkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bulib, 
xaridorlar kam bo’lganda; 
-xaridorlar tovarlarni katta mivdorda sotib olganda;
-tarmoq uz faoliyat turidan kelib chikkan xolda xaridorlarga kuchli darajada 
bog’liq bo’lganda; 
-xaridorlar bir necha etkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past taklif 
kilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu tarmoqda narx 
raqobatini kuchaytiradi); 
-xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotib olishni oddiy jixatdan 
yaxlit bitta xarid deb karash mumkin bo’lganda va xokazo. 

Turtinchi raqobat kuchi - etkazib beruvchilarning tazyik kursatishidir. Bu 
tazyik natijasida etkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, 
kompaniyalarni etkazib berilayotgan maxsulot mikdorini kamaytirishga maj- bur 
kiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga mukobil ravishda - zaif etkazib beruvchilar 
uz maxsulotlariga bo’lgan narxni pasaytirishga va yukorirok sifatni talab qilishga 
imkon beradilar. Quyidagi xollarda etkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan 
tayziq ayn iksa, kuchli bo’ladi: 

etkazib berilayotgan maxsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bulib, 
u kompaniyaning ishonchli maxsuloti bo’lganda; 

tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchuy bo’lmaganda; -etkazib 
berilayotgan maxsulotlarning sifati yukoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa 
mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda; 


68 

etkazib beruvchilar oldinga intilishda vertikal integratsiyalanish xavfidan 
foydalanganda; 

sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish 
xavfidan foydalana olmaganda. 
Beshinchi raqobatchi kuch - tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning 
paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq egallaydigan mah-sulotlarning 
mavjudligi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniya narxlarini hamda daromadlarini 
cheklab qo’yadi. Ammo kompaniya maxsulotlarining xafnini bosa oladigan 
tovarlar kam bo’lsa kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi 
mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu dalildan foydalana olishi lozim. 
Tarmoqdagi raqobat darajasiga kura quyidagi turlarga bulinadi: 

Shafkatsiz raqobat. 

Jadal raqobat. 

Me’yordagi raqobat. 

Jalb kiluvchi zaif raqobat. 
Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish kuvva- tiga, ayrim 
xollarda kattagina resurslarga ham ega bo’lish mumkin. Bunday firmalar bozorda 
o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo 
bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq:

bozorga kirish borasidagi to’siqdar; 

bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi; 

ishlab chiqarish mikiyosining tejamkorligi (bunday usuli bozorda 
ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi firma esa 
bozorga birdaniga katta hajm bilan chiqolmaydi);

texnologiya va nou-xauga erishish imkoniyatining yukligi;

«o’qitish-tajriba» egri chizig’ining samarasi; 

xaridorlarning ma’lum tovar markalariga moyilligi;

korxona xajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasliga; 

sotish kanallariga kira olish; 


69 

nazorat qiluvchi organlarning harakatlari (litsenziya rux satnomalar); 

tariflar va tarifdan tashkari cheklashlar (dempingga karshi konunchilik
mahalliy firmalarning majburiy ishtiroki). 
Bozordagi vaziyat tez-tez o’zgarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan 
kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o’z siyosatini 
o’zgartirishga majbur kiladi. Bozorda eng kup ta’sir kiladigan kuchlar «raqobatni 
xarakatlantiruvchi kuchlar», deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish ikki boskichdan 
iborat: 
Harakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 
Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash. 
Bozorda eng ko’p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan 
iborat: 
-iktisodiy usishning uzok mudtsatli tendentsiyalaridagi o’zgarish; -
iste’molchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usul- larining o’zgarishi; 
-yangi maxsulotlarni joriy qilish; 
-texnologik o’zgarishlar; 
-marketing tizimidagi o’zgarishlar; 
-yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi;
-nou-xauning tarqalish darajasi; 
-tarmotslar keng qamrovliligining o’sishi; 
-unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi;
-xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi; 
-davlat konunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri;
-ijobiy kadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi; 
-noanitslik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin