Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

tarzdagi ruhiy buzilishlar tashkil etib, ular qoida bo‘yicha, ruhiyatning 
vaqtinchalik turli buzilishlari bilan kuzatiladi, ammo surunkali yoki 
vaqtinchalik ruhiy kasallik hisoblanmaydi, faqat o‘zining psixopatologik 
1
Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 249–250; Б. 351–352. 
249 


belgilari va xususiyatlariga, kasallik o‘tishiga bog‘liq holda ularga 
tenglashtirilishi mumkin. Bunday kasalliklarga tug‘ma yoki orttirilgan 
ko‘rinishdagi hissiy-irodaviy tomonning buzilishi bilan tavsiflanadigan 
psixopatiyaning shakli taalluqli; og‘ir infeksion kasalliklardan keyin 
bo‘ladigan turli ruhiy buzilishlar; giyohvandlik xumor qilgan davrda 
giyohvandlarda bo‘ladigan asab-ruhiy buzilishlar, to‘liq ko‘zi ojizlik va 
karlik bilan bog‘liq shaxsning ruhiy o‘zgarishi. Sanab o‘tilgan ruhiy 
buzilishlar yoki ruhiy kasalliklardan istalgani alohida olinganda ham aqli 
norasolik tibbiy mezonini tan olish uchun yetarli hisoblanadi. 
Shuni e’tiborga olish kerakki, har doim ham ruhiy buzilishlarning 
mavjudligi (tibbiy mezon) aqli norasolik holati to‘g‘risida gapirish uchun 
asos bo‘lmaydi. Ruhiy kasallik shunday darajaga yetishi kerakki, unda 
shaxs jinoyat sodir etayotgan paytida o‘z qilmishini anglab yetmasligi yoki 
ularni boshqara olmasligi lozim. Boshqacha aytganda, aqli norasolikning 
yuridik (ruhiy) mezoni tibbiy mezon ruhiy kasalliklarining mohiyatini va 
chuqurligini belgilaydi. 
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga 
nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin. 
Bunday majburlov chorasini qo‘llash uchun sud, shaxs tomonidan jinoyat 
qonunida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilganlik faktini, 
shuningdek, qilmishning aynan aqli noraso shaxs tomonidan sodir 
etilganligi va kasallik holati shaxsning jamiyat uchun xavfliligini isbotlashi 
lozim.
Aqli norasolik faqat jinoyat sodir etilgan vaqtga nisbatan belgilanadi. 
Agar shaxs surunkali ruhiy kasallik, masalan, shizofreniya bilan 
kasallangan bo‘lib, biroq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida 
remissiya holatida, ya’ni kasallik anchagina tuzalish paytida bo‘lgan 
bo‘lsa, yuridik mezon yo‘qligi sababli u aqli raso va o‘z qilmishi uchun 
javobgar deb topiladi. Jinoyat sodir etgandan keyin shaxsda ruhiy 
buzilishlar kelib chiqsa, unga nisbatan ham tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralari ko‘riladi. 
Agar aqli norasolik vaqtinchalik ruhiy buzilishlardan kelib chiqqan 
bo‘lsa, jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, ish yuritish ayblanuvchi 
250 


to‘liq sog‘ayishigacha to‘xtatib turiladi. Bu shaxs sog‘ayganda jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin va unga nisbatan jazo qo‘llash mumkin 
(albatta, jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari chegarasi hisobga olinib). 
Agar ruhiy kasallik jinoyat sodir etgandan keyin dastlabki tergovda 
paydo bo‘lsa va og‘irlashsa, bunday shaxsga nisbatan sud JK 67-moddasi 
asosida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaydi, sog‘aygandan 
keyin ishni ko‘rish davom ettirilishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin