O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
HARBIY-TEXNIK INSTITUTI
M.X.RUSTAMBAYEV
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JINOYAT HUQUQI
K U R S I
I TOM
UMUMIY QISM
JINOYAT HAQIDA TA’LIMOT
Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik
(2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan)
TOSHKENT
UO‘K – 343.23(575.1)
KBK -67.408(5O’)
R-92
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kengashida
ma’qullangan.2018 yil 29 iyundagi 9-sonli bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida
tavsiya etilgan. 2018 yil 15 avgustdagi 718-sonli buyrug’i
Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1.
Jinoyat haqida
ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik
instituti, 2018. –
441 bet.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2018 yil 1 noyabrgacha
kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar inobatga olingan holda tayyorlangan. Unda amaldagi qonun
hujjatlari, tergov va sud amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida
jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismi masalalari yoritilgan.
Darslik besh tomdan iborat. Birinchi va ikkinchi tomlar JKning Umumiy qismiga
bag‘ishlangan. Birinchi tomida jinoyat qonuni va jinoyat to‘g‘risidagi ta’limot masalalari yoritilgan.
Ikkinchisida jazo, javobgarlik
va jazodan ozod qilish, jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari
yoritilgan.
Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi tomlar JKning Maxsus qismi normalarida nazarda
tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan.
Muallif tomonidan barcha
jinoyatlar tarkibining belgilari tahlil qilingan, ularni kvalifikatsiya qilish masalalari, o‘xshash
jinoyatlar tarkiblarini farqlash muammolari ko‘rib chiqilgan.
Darslik yuridik oliy o‘quv muassasalari bakalavr va magistrlari, Bosh
prokuratura
Akademiyasi tinglovchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milily gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
kursantlari,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari, o‘qituvchilarga
mo‘ljallangan, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jinoyat huquqi
muammolari bilan qiziquvchi shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin.