XII BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN
HOLATLAR ............................................................................................................ 378
1-§. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi .................... 378
2-§. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi ............................................................. 380
3-§. Zaruriy mudofaa .............................................................................................. 383
4-§. Oxirgi zarurat .................................................................................................. 402
5-§. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish 414
6-§. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish ........................................................... 426
7-§. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik .......................... 431
8-§. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish .......................................... 436
«Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar» mavzusi yuzasidan yakuniy
savollar ................................................................................................................... 439
Qo‘shimcha adabiyotlar ......................................................................................... 440
O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar ............................................................ 440
6
I BOB. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI,
PREDMETI, METODI, VAZIFALARI VA
PRINSIPLARI
1-§. Jinoyat huquqi tushunchasi
Ma’lumki, jinoyat huquqi tushunchasi bir necha ma’nolarda
qo‘llaniladi, bular: 1) qonun sohasi; 2) huquq tarmog‘i; 3) fan tarmog‘i; 4)
o‘quv predmeti.
Jinoyat huquqi qonun hujjatlari tarmog‘i sifatida O‘zbekiston
Respublikasi qonun chiqaruvchi hokimiyati oliy organi – Oliy Majlis
tomonidan qabul qilinadigan, jinoiy javobgarlikning umumiy asoslari va
prinsiplarini, jinoyat deb hisoblanadigan qilmishlar doirasi, ularni sodir
etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy
javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari, jazo hisoblanmaydigan boshqa
jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini belgilovchi huquq normalari tizimini
o‘zida ifoda etadi.
Jinoyat to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari JKning 1-moddasiga
ko‘ra Konstitutsiya va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga
asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan
iboratdir. Bu moddaning ahamiyati shundaki, unda faqatgina Jinoyat
kodeksi bilan belgilanadigan, Konstitutsiya va xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan normalariga zid kelmaydigan jinoyat qonunchiligining
manbalari aniq ko‘rsatilgan. Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy
Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning
mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy
normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik prinsipidan kelib chiqqan
holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit
tasavvurga ega bo‘lish, huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan
foydalanishlari uchun barcha qulayliklarni yaratish imkonini beradi.
Aksariyat hollarda jinoyat huquqi, o‘zining predmeti, metodi va
vazifalari bilan farqlanuvchi huquq sohasi va O‘zbekiston Respublikasi
huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
7
|