Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Buzilgan huquqning tiklanishi deb, yetkazilgan zararning ma’naviy 
yoki moddiy shaklda qoplanishi ehtimolini tushunish lozim (masalan, 
soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash – JKning 184-
moddasi 5-qismi, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish – 
JKning 167-moddasi 4-qismi kabi jinoyatlarni sodir etganda yetkazilgan 
zararni qoplash). 
Shuni nazarda tutish kerakki, jinoiy tajovuzlardan himoya etiladigan 
ijtimoiy munosabatlar JKning aynan 2-moddasida mustahkamlanishi 
13 


tasodifiy emas, balki jahon hamjamiyatida umume’tirof etilgan demokratik 
huquqiy davlatning zamonaviy qadriyatlar tizimiga bo‘ysundirilgan 
ko‘rinishidir, ya’ni shaxs–jamiyat–davlat. JKning tarkibiy tuzilishi ham 
aynan ana shu tizim asosida ishlab chiqilgan, chunonchi uning «Maxsus» 
qismi shaxsga qarshi jinoyatlar bo‘limidan boshlanadi. 
Markaziy va eng muhim muhofaza obyekti sifatida JK shaxsni, uning 
huquqlari va erkinliklarini ko‘zda tutadiki, bu Konstitutsiyaning 14-mod-
dasi qoidalaridan kelib chiqadi. Konstitutsiyaga muvofiq eng oliy qadriyat 
inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari 
hisoblanadi.
NOTA BENE ! 
Jinoyat huquqida shaxs sifatida jamiyat va davlat bilan aloqalaridan 
alohida olib qaraluvchi har bir inson tushuniladi. 
Insonning JK tomonidan muhofaza obyekti sifatidagi shaxs deb tan 
olinishi uchun uning yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, salomatligi va boshqa 
holatlar ahamiyatga ega emas. Jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloq ham 
(masalan, JKning 99-moddasi), muomalaga layoqatsiz kishi ham (masalan, 
JKning 97-moddasi 2-qismi «v» bandi), voyaga yetmagan bola ham 
(masalan, JKning 128-moddasi), davlat yoki jamoat arbobi ham (masalan, 
JKning 155-moddasi 2-qismi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
(JKning 158-moddasi) va boshqalar ham shaxs deb tan olinadi hamda 
muhofaza qilinadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin