Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

3-§. Jinoyat huquqi vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi o‘z oldiga uchta 
vazifani qo‘yadi: muhofaza qilish, oldini olish va tarbiyalash. JKning 2-
moddasida jamiyat va davlatning jinoyat-huquqiy taqiq o‘rnatish yo‘li 
bilan erishadigan maqsadlari belgilangan. Shu yo‘l orqali Jinoyat 
kodeksining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati mustahkamlanadi, bu o‘z 
navbatida ayrim qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat emasligini aniqlash 
jarayoniga, kodeks me’yorlarining jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan 
amalda qo‘llanilishiga, sud-huquq islohotining keyingi rivojlanishiga va 
hokazolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, qonunning vazifasi 
jinoiy qilmishni aks ettirish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish 
texnikasini takomillashtirish, buzilishi jinoyat hisoblanadigan qoida va 
blanket me’yorlarni qat’iy aniqlash va hokazolar maqsadida qonun 
chiqaruvchiga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan.
Demak, Jinoyat kodeksi bajarilishi inson huquqlari bo‘yicha 
demokratik institutlarni rivojlantirishning kafolati bo‘lib xizmat qilishini 
aks ettiruvchi uch vazifani aniqlaydi.
Ushbu vazifalar qonunda nihoyatda aniq va tizimli ifodalangan bo‘lib, 
quyidagilardan iborat: 
– birinchidan, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va 
davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat 
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish; 
– ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olish; 
12 


– 
uchinchidan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash. 
Birinchi, ya’ni muhofaza qilish vazifasi umuman jinoyat-huquqiy 
me’yorlar uchun, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
uchun asosiy mezon bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni (xavfsizligi 
va ijrosini ta’minlash orqali) ularga jiddiy zarar yetkazilishi yoki yetkazish 
imkoniyatidan, ya’ni obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan huquq yoki 
erkinlikni shaxs, jamiyat va davlat uchun amalda xavf tug‘diruvchi 
cheklov yoki yo‘q qilib yuborishlardan himoya qilishdan iborat.
Jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish vazifasi ijtimoiy xavfli qilmishni 
sodir etish holatidan, huquqni muhofaza qilish idorasining tarkibiy 
tegishliligidan (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, DXX va shu 
kabilar), JK amal qilgan hududning ma’muriy-hududiy tegishliligidan va 
boshqalardan qat’i nazar, doimiy ravishda amalga oshiriladi. Ushbu 
yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya 
qilish JKning amal qilish doirasida hamisha va hamma yerda amalga 
oshirilishi lozim. 
Jinoyat kodeksining vazifasi sifatida ijtimoiy munosabatlarning jiddiy 
zarar yetkazilishidan himoya qilinishi ikkiyoqlama amalga oshiriladi: 
a) jinoyat sodir etilishidan avval ma’lum qilmishlarni taqiqlash yoki 
tegishli xulq-atvorga rioya etish, ya’ni huquqiy jihatdan yo‘l qo‘yiladigan 
faoliyat chegaralarini belgilash orqali; 
b) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganidan keyin buzilgan huquqning 
aybdor shaxsga nisbatan jinoiy jazo choralarini qo‘llash orqali tiklanishini 
ta’minlash yo‘li bilan. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin