Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining huquqiy prinsiplari 
jinoyat-huquqiy normalarda mustahkamlangan va Jinoyat kodeksi 
vazifalaridan kelib chiqqan holda jinoiy javobgarlikning umumiy 
asoslarini, yo‘nalishini va hajmini belgilovchi tayanch g‘oyalardir. 
Kodeks vazifalaridan farqli o‘laroq, jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari prinsiplari jinoyat-huquqiy siyosatning yo‘nalishini aks 
ettirmasdan, balki uni amalga oshirishning ayrim tayanch usullarini 
belgilab beradi. Aynan Kodeksning vazifalari jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarining xususiyatlari va prinsiplar tizimini belgilab beradi. 
Prinsiplarning kodeks vazifalari bilan avvaldan belgilab qo‘yilganligi 
mazkur g‘oyalarning rahbariy asoslar sifatidagi xususiyatiga ta’sir 
etmasligini qayd etib o‘tish lozim. Prinsiplarning bo‘lmasligi kodeks 
vazifalarini faqat deklarativ xususiyatgagina ega qilib qo‘yadi. Amaliyotda 
belgilangan prinsiplardan chekinish ularni bajarmaslikni va jinoyat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalarini amalga oshirmaganlikni 
bildiradi. Demak, vazifalar va prinsiplar birgalikda jinoyat-huquqiy 
tartibotning va ijtimoiy munosbatlarni himoya qilishning asosini tashkil 
etadi va aynan shuning uchun Kodeks «Jinoyat kodeksining vazifalari va 
prinsiplari» bobi bilan boshlanadi. 
Jinoyat kodeksining prinsiplari yangi huquqiy me’yorlar ishlab 
chiqish va qonunni qo‘llash amaliyotida rahbariy ahamiyatga ega umumiy 
g‘oyalardan iboratdir. Mazkur g‘oyalarning huquqiy me’yorlar shakliga 
keltirilishi ularga o‘zgacha ijtimoiy mohiyat baxsh etadi, ularni tartibga 
soluvchi ta’sirchan omillarga aylantiradi. Qonunda aks etganidan so‘ng 
ular insonlarning huquqiy ongiga ta’sir etuvchi qonun yaratish va uning 
huquqiy qo‘llash jarayonida rioya etilishi lozim bo‘lgan majburiy 
me’yorlar xususiyatini kasb etadi. Prinsiplarning huquqiy mohiyati 
O‘zbekistonning butun hududida ularni tushunish va qo‘llashda yagona 
yondashuvni ta’minlaydi. 
Prinsip-normalarning fuqarolarga ta’siri ularning fuqarolarni 
tarbiyalash, ularning huquqiy ongini shakllantirishiga ko‘maklashuvchi va 
21 


shu orqali jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy munosabatlarni sezilarli 
zarar yetkazilishidan himoya qilishdan iboratdir. Me’yoriy-huquqiy 
prinsiplarning fuqarolarga ta’siri kodeksda belgilangan qoidalarni 
buzmaslikka da’vat qilish darajasidagi ularning huquqiy ongini 
shakllantirish va bu qoidalarga faqat davlat va jamiyat manfaatlari 
nazaridan emas, balki o‘zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
yoki bo‘lmasa davlat tomonidan o‘rnatilgan inson va fuqarolarning huquq 
va erkinliklarini ta’minlashning realligidan, boshqa shaxslarning huquqlari 
va erkinliklarini hurmat qilish zarurligidan kelib chiqqan holda rioya 
ettirish maqsadini ko‘zlaydi.
Kodeksda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yetakchi 
g‘oyalarini mustahkamlovchi maxsus moddalar mavjudligi olib 
borilayotgan jinoyat-huquqiy siyosatning vazifalarini samaraliroq hal etish 
va uning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadi. 
Huquqiy prinsiplarning dastlabki tergov, prokuratura va sud 
idoralarining mansabdor shaxslarga ta’siri, o‘z navbatida, jinoyat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, inson huquqlari va 
erkinliklarining himoya qilinishiga va bu boradagi O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyatga oid siyosatini yurg‘izishning barqarorligi va birligi, 
shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda talabchanlik va shaxsiy 
mas’uliyatni oshirishdan iboratdir. 
Qonun ijodkorligi jarayonida huquqiy prinsiplarning ta’siri alohida 
ahamiyat kasb etadi. Prinsip-normalar qonun chiqaruvchi organning qonun 
chiqarish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoiy-huquqiy 
normalarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida qonun chiqaruvchi 
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan rahbariy 
g‘oyalar tizimiga tayanadi. 
Huquq sohasining har biri uchun taalluqli bo‘lgan umumiy g‘oyalar 3-
moddada keltirilgan huquq sohasining har bir tarmog‘ida inobatga 
olingan. Jinoyat kodeksi mavhum umumijtimoiy qadriyatlarni nazarda 
tutmaydi, balki aniq huquqiy hodisalarni ifodalaydi. Misol uchun, 
umumijtimoiy prinsip sifatida tan olingan qonuniylik prinsipining 
22 


mazmun-mohiyati Konstitutsiya va qonunning ustunligida aks etadi. 
Jinoyat kodeksining 4-moddasida keltirib o‘tilgan «sodir etilgan 
qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari 
faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi», deb mustahkamlangan normativ-
huquqiy normada jinoyat-huquqiy prinsiplarning aniqligi alohida tavsifga 
ega ekanligini ko‘rish mumkin. 
Qonuniylik 
prinsipi Jinoyat kodeksida mustahkamlangan 
prinsiplarning tartibini boshlab beradi. Biroq, buni bir prinsipning boshqa 
bir prinsipdan ustunligi sifatida tushunmaslik kerak. Jinoyat kodeksining 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin