JK 2-moddasi 2-qismi Kodeks tomonidan qo‘yilgan vazifalarni,
xususan, quyidagilarni aniqlash orqali amalga oshirishning usul va
uslublarini ko‘rsatib beradi:
– jinoiy javobgarlikning asoslari va prinsiplari;
–jinoyat hisoblanadigan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar;
– ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va huquqiy ta’sirning boshqa choralari.
Kodeksning vazifalarini amalga oshirishning belgilangan usullari
umumiy bo‘lib, ular uning tarkibiy elementlari – Umumiy va Maxsus
qismning bo‘lim, bob va moddalarida aniqlashtiriladi.
4-§. Jinoyat huquqi prinsiplari 1994 yilgi JKda birinchi marta o‘rnatilgan jinoyat huquqining prinsiplari jinoyat qonunida mustahkamlangan davlatning jinoyat-
huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘nalishlarini ifodalaydigan, sodir
etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, etnik, diniy va huquqiy tasavvurlarni
aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir.
Jinoyat huquqining prinsiplar tizimi JKning 3-moddasida berilgan.
Bu prinsiplar tizimi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining demokratik
mohiyatini aks ettiradi va shu bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotining
barqarorligi va yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi, bu bilan qonun
chiqaruvchi tomonidan ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarni o‘zgartish,
qo‘shimchalar kiritish, bekor qilishning hamda vakolatli davlat organlari
tomonidan ularni qo‘llashning rahbariy asoslarini belgilab beradi.
JKning 3-moddasi qonunning har bir me’yorida mavjud bo‘lishi
shart bo‘lgan qadriyatlar strukturasini aks ettiradigan o‘ziga xos andoza
vazifasini o‘taydi, ya’ni har qanday jinoyat-huquqiy norma ushbu
moddada ko‘rsatilgan yetakchi qoidalar majmuiga mos bo‘lishi lozim, aks
holda, u Jinoyat kodeksining normasi sifatida tan olinmaydi va amalda
qo‘llanilmaydi.
Jinoyat kodeksi normalari tizimi va jinoyat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari
o‘zaro bog‘liq hamda bir-birini belgilovchi huquqiy
prinsiplardan tarkib topadi.
20