Konstitutsiyaning 14-moddasiga asosan
1
, qonuniylik prinsipi davlat
faoliyatining eng asosiy prinsipi hisoblanib, ushbu konstitutsiyaviy
qoidalar Jinoyat kodeksining boshlang‘ich asosi sifatida
qonuniylik
prinsipida o‘rnatilgan hamda u Konstitutsiyaning 16-moddasiga asosan
2
,
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari normalari va prinsiplariga zid
kelmasligi lozim.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
qonuniylik prinsipi tor
yo‘nalishda ifodalangan bo‘lib, asosan JK vazifalariga nisbatan qo‘llashga
mos holda talqin qilinadi.
JKning 4-moddasida ushbu prinsip
quyidagicha belgilangan: «Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga
sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan
belgilanadi.
Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib, jinoyat sodir qilishda aybli
deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas.
Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan
huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi».
Umumhuquqiy sohaning asosi bo‘lgan qonuniylik prinsipidan farqli
ravishda kodeksdagi ushbu prinsip, avvalambor, jinoyat, jazo
va boshqa
huquqiy choralarning qo‘llanilishi faqat Jinoyat kodeksi asosidagina
tartibga solinishini anglatadi. Qonuniylik prinsipiga jinoyat-huquqiy
yondashuvning ko‘rinishi sifatida aybsizlik prezumpsiyasi va aybdor
shaxsning huquqiy maqomini ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: