mahrum etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
1
. Shunga o‘xshash qoida MDHning
Inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi Konvensiyasida ham o‘z
ifodasini topgan.
Qilmishni jinoiy deb topish uchun boshlang‘ich nuqta sifatida, uni
ijtimoiy munosabatlar uchun xavfliligini aniqlash hisoblanadi, ya’ni
jinoyat qonuni ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lishi lozim: agar harakat, ijtimoiy
hayot talabidan kelib chiqib, yetarli darajadagi va xususiyatdagi xavflilikni
tashkil qilmasa, u jinoiylik xususiyatini yo‘qotadi va Jinoyat kodeksidan
chiqarilishi shart.
Qilmishning jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar ham
jinoyat qonunida belgilanishi qonuniylik prinsipining o‘ziga xos
ko‘rinishini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: