Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


JKning 7-moddasi 1- va 2-qismlari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JKning 7-moddasi 1- va 2-qismlari jazo va boshqa huquqiy ta’sir 
choralarini qo‘llashning umumiy asoslarini o‘rnatgan holda ularning 
mohiyatini aniqlaydi. Bunda jazo va boshqa ta’sir choralarining shaxsga 
nisbatan qo‘llanilishi negativ va pozitiv uslublarda ko‘rinadi: 
– jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki 
inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi; 
– jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan chora uning yana 
qayta jinoyat sodir etishining oldini olishi zarur. 
Jinoyat kodeksidagi ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi (26-modda, 2-qism)
1
hamda umume’tirof etilgan xalqaro 
huquq normalariga muvofiq, shaxsga nisbatan jazo va boshqa ta’sir 
choralarini qo‘llash bilan unga jismoniy azob berish yoki ruhiy ta’sir 
o‘tkazishni maqsad qilmaydi. 
JK 7-moddasidagi jismoniy azob berish va inson qadr-qimmatini 
kamsitish deganda, jismoniy va ruhiy xususiyatdagi har qanday azob 
emas, balki faqat jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llash 
mohiyatidan kelib chiqmaydigan yoki tasodifan kelib chiqadiganlarini 
anglash lozim. Keltirilgan modda qoidalariga muvofiq, jazo va boshqa 
huquqiy ta’sir choralari ortiqcha azob va kamsitishlarni keltirib 
chiqarmasligi kerak, chunki bunday harakatlar shaxsning o‘z hayot 
1
Ўша жойда 11-б 
37 


faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga putur yetkazadi. O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga binoan jazo jinoyat 
sodir etgan shaxsdan o‘ch olish maqsadida emas, balki kodeksning 
insonparvarlik g‘oyalariga tayanib, uni tarbiyalash va jamiyatga 
qaytarishni ko‘zda tutadi. 
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash unga jismoniy 
azob berish yoki qadr-qimmatini kamsitishni nazarda tutmasdan uning 
qayta tarbiyalanishi va yangi jinoyat sodir etmasligi uchun zarur va yetarli 
ta’sir choralari insonparvarlik prinsipining mohiyatini belgilaydi. 
Zarurlik va yetarlilik – bu jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi 
tayinlashning muhim ikki belgisi hisoblanib, biri eng kam miqdorni, 
boshqasi eng ko‘p miqdorni ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin