Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 7-moddasi 3-qismi sud organlarining sodir etilgan jinoyatga 
nisbatan muayyan jazo chorasini tanlash tizimini mustahkamlaydi. 
Insonparvarlik prinsipining asl mohiyatini, xususan, huquqni qo‘llash 
jarayonida jazoning muqarrarligi va yetarliligini ko‘zda tutadi. 
JK 7-moddasi 3-qismiga ko‘ra, og‘ir jazo choralari yengil jazo 
choralari bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina 
qo‘llaniladi. Sudlar jazo tayinlash paytida ushbu qoidaga e’tibor bergan 
holda, Jinoyat kodeksining maxsus qismiga murojaat etishlari lozim. 
Jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin bo‘lgan 
shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo 
tayinlashda qonunda belgilangan barcha imkoniyatdan foydalanishlari 
lozim. 
Insonparvarlik prinsipi Jinoyat kodeksining barcha normalariga 
singdirilgan. Bu holat ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
ta’sir choralarida, jazo tizimida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, bunda 
shaxslarni jazodan ozod qilish instituti, ya’ni muomalaga layoqatsiz va 
boshqacha qilib aytganda, o‘zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishning 
mohiyatini anglab yetmaydigan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralarini qo‘llash ham nazarda tutilgan. Umumlashtirib aytadigan 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги "Судлар томонидан жазо 
тайинлаш амалиёти тўғрисида"ги 1-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси олий суди Пленуми қарорлари 
тўплами. - 1991 - 2006, 2-жилд. - Т.: "O'qituvchi", 2007. – 225-229-б. (Бундан кейин - Тўплам, 2-жилд). 
39 


bo‘lsak, amnistiya va afv etish institutlari ham insonparvarlik prinsipining 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodasidir. 
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mazkur prinsip og‘ishmay 
amalga oshirilayotganligi haqida so‘nggi paytlarda amaldagi Jinoyat 
kodeksiga kiritilgan quyidagi o‘zgartishlar ham dalolat beradi: 
– jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va jazoni o‘tashdan shartli 
ravishda ozod qilish qoidalari soddalashtirildi
1

– jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda qayta 
tarbiyalash imkoniyati sifatida iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash ko‘lami 
kengaytirildi; 
– jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosi olib tashlandi va umrbod 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi
2
(shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 
o‘lim jazosi bekor qilingunga qadar ushbu jazo faqat ikki holatdagina 
tayinlanishi mumkin edi: og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam 
o‘ldirish va terrorizm jinoyatlari, shuningdek, qonunda o‘lim jazosi 
ayollarga, voyaga yetmaganlarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga 
nisbatan qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan edi). 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin