JK 8-moddasining 2-qismi bir jinoyat uchun ikki marta
javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilaydi. Ushbu qoidaning
qonunda mustahkamlanganligi odillik prinsipining ikkinchi
bir jihatini
ochib beradi. Xususan, agar
JK 8-moddasi 1-qismida jazo yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, uning 2-
qismida, umuman, jinoiy javobgarlikning odilona bo‘lishi ta’kidlangan. Bu
o‘rinda bir jinoyat uchun bir marta javobgarlikka tortish mezon bo‘lib
xizmat qiladi. Bunda jinoyat
sodir etgan shaxsning holati, ilgari jinoiy
javobgarlikka tortilganligi, uning sudlanganligi yoki oqlanganligi
ahamiyatga ega emas. Ushbu va boshqa holatlarda
uning mazkur qilmishi
uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida odillik prinsipi jinoyat
subyektlarining tengligini belgilovchi fuqarolarning
qonun oldida tengligi
prinsipini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan bir qator rasmiyatchiliklarni
bartaraf etishga xizmat qiladi. Odillik prinsipi jinoyat ishlarini ko‘rishda
odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning qonun oldida haqiqiy
tengligiga erishishning obyektiv imkoniyatini ifoda etadi. Fuqarolarning
qonun oldida tengligi va odillik prinsipining birgalikda tatbiq qilinishi
keng ma’noda qonunni amalda to‘g‘ri qo‘llash
imkoniyati hamda huquqni
qo‘llash faoliyatida jinoyat huquqi subyektlari tengligining real asoslarini
belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: