Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

11-§. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi 
JKning 10-moddasi jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan qutulib 
qolmasligi haqidagi umumiy talablarni mustahkamlaydi: «Qilmishida 
jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka 
tortilishi shart». 
45 


Jinoyat kodeksidagi mazkur qoidaning mavjudligi, jinoyat huquqi 
normalarining barqarorligi va bir xilligi jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari mavqeining oshishiga yordam beradi. Shu bilan birga 
javobgarlikning muqarrarligi prinsipi barcha fuqarolarning harakatiga 
nisbatan ogohlantiruvchi ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shu orqali Jinoyat 
kodeksining oldiga qo‘yilgan vazifalarning amalga oshishiga 
ko‘maklashadi. 
Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi birinchi navbatda jinoyat 
sodir qilgan shaxslarga qaratilgan va mazkur shaxslar tomonidan sodir 
qilingan harakatlar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ko‘p qirrali qoidalarni 
o‘rnatadi. JKning 10-moddasidagi prinsip qonuniylik prinsipi va 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiplarining davomi hisoblanib, 
ularni aniqlashtiradi va bir paytning o‘zida ularning chegarasidan bir oz 
chiqadi ham. Xususan, ushbu modda muayyan shaxslar doirasiga, ya’ni 
qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan har bir shaxsga qaratilgan.
Shaxsning xatti-harakatida jinoyat tarkibi mavjudligini aniqlash 
javobgarlikka tortishning muhim belgisi hisoblanadi, ya’ni, bu jinoyat 
qonuni bilan jazolovchi va harakatni ijtimoiy xavfli deb o‘rnatuvchi 
obyektiv va subyekt belgilar majmuidir. Shaxsning qilmishida jinoyat 
tarkibining aniqlanmaganligi shaxsning jinoiy javobgarlikka 
tortilmasligiga sabab bo‘ladi.
Qonun talabiga ko‘ra, qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa, shaxs 
jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunday talab shuni bildiradiki, har bir 
ijtimoiy xavfli qilmishda shaxs muayyan qonun normasi bilan cheklangan 
salbiy oqibatlarni boshdan kechirishi kerak. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, salbiy oqibatlar quyidagilarda 
ifodalanadi: 
– Jinoyat kodeksi normalari tatbiq etiladigan shaxslarni O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksi normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka 
tortishda; 
– amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq 
chet el fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston 
Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi 
46 


hududida jinoyat sodir etgan holda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal 
qilinadi. 
Shuni aytib o‘tish lozimki, Jinoyat kodeksiga muvofiq, shaxsni jinoiy 
javobgarlikka tortish jazo qo‘llanilishi shartligini anglatmaydi. Sodir 
qilingan qilmish uchun javobgarlik faqat jazo vositasidagina emas, balki 
jinoyat qonunida nazarda tutilgan boshqa huquqiy ta’sir choralarini amalga 
oshirish orqali ham qo‘llanilishi mumkin1. Amaldagi qonunchilikda 
jazodan ozod qilishning turlari ham mavjud. Jumladan, shartli hukm qilish, 
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va hokazo. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin