topilgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir
choralarining mohiyati qonun bilan belgilangan bo‘lishi kerak.
Qonuniylik prinsipi, nafaqat, qonunni qo‘llash amaliyotida, balki
qonun ijodkorligi jarayonida ham muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, jinoyat qonuni jinoiy qilmish va uni sodir etishning
huquqiy oqibatlariga xos bo‘lgan alomatlarni aniqlasa, qonuniylik prinsipi
qonun chiqaruvchini muayyan jinoyatning alomatlarini aniq va to‘liq
ko‘rsatish hamda jinoyat qonunining o‘zida huquqni muhofaza qiluvchi
organlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni yechishga undaydi.
Qonunchilikda ushbu prinsipning roli xatti-harakatlarning jinoyat yoki
jinoyat emasligini aniq ko‘rsatgan holda qonunning aniq va bir xilda amal
qilishini ta’minlashda ko‘rinadi.
Bu prinsipga rioya qilish jinoyat qonunchiligida jazo tayinlash
amaliyotida bir xillikni ta’minlashga yordam beradi. O‘z navbatida, ushbu
qoidalar jazo sanksiyalari miqdorining minimumi va maksimumini va
boshqa holatlarni belgilashi bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: