Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

«Metodologiya» va «metodika» tushunchalarini farqlar ekanmiz, 
mamlakatimizda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarga 
qaramasdan jinoyatchilikka qarshi kurashning mazmun-mohiyatini, 
qonunchilikni tadqiq qilish va uni amaliyotda qo‘llashga imkon beradigan 
dialektik metodni eng asosiy metod sifatida tan olishimiz mumkin. 
Masalan, sababiy bog‘lanish haqidagi dialektik bilimlar ishtirokchilik 
faktini aniqlashda, jinoiy harakat (harakatsizlik) va zararli oqibat 
o‘rtasidagi bog‘lanishni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Jinoyatga suiqasd 
qilish va tayyorgarlik ko‘rish jinoyat bosqichlari haqidagi qonunchilik va 
normalarni amaliyotda qo‘llash ehtimollikdan haqiqiylikka o‘tish haqidagi 
dialektik metodga asoslanadi. 
Jinoyat huquqi metodikasi jinoyat-huquqiy tushuncha va hodisalarni 
o‘rganishda qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisini, tizimini 
ifodalaydi. Falsafiy metod hisoblangan dialektik metod bilan birgalikda 
yana boshqa metodlardan ham foydalanish lozim. Bunday metodlarga 
quyidagilar kiradi: JK normalarining sanksiya va dispozitsiyasini ishlab 
chiqishda qo‘llaniladigan yuridik metod; son ko‘rsatkichlari orqali 
jinoyat-huquqiy tushunchalar va hodisalarni sifatiy xilma-xilligini 
ko‘rsatishga imkon beruvchi statistik metod; aholi orasida so‘rovlar 
o‘tkazish orqali jinoyat huquqining turli jihatlarini o‘rganishda 
qo‘llanadigan sotsiologik metod; jinoyat huquqining jinoyat qonuni, 
prinsiplari, jinoyat, bir qancha jinoyatlar sodir etish, ishtirokchilik, jinoiy 
1
Қаранг: Общая теория права / Под общ. ред. А.С. Пиголкина. – М.: 1996. – С. 17; Наумов А.В. Российское 
уголовное право. Общая часть. – М.: 1996. – С. 29; и др. 
2
Қаранг: Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 60-61. 
11 


javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi institutlarni sistema, ya’ni bir 
necha elementlardan iborat bo‘lgan yaxlit bir butunlik sifatida o‘rganishga 
imkon beradigan tizimli metod; qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash va 
ilmiy tadqiqot maqsadlarida turli davlatlarning huquq tizimi va 
qonunchiligini solishtirishga imkon beradigan qiyosiy-huquqiy metod
qonunchilik va huquqni qo‘llash sohasida o‘tmish tajribasidan 
foydalanishga yordam beradigan tarixiy metod va boshqalar. 
Ushbu metodlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq hamda bir butun 
holda qo‘llanilishi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin