Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Subyekt jihatidan zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish 
aybning qasddan bo‘lgan turiga kiradi. «Tajovuzchiga uning hujumini 
qaytarish vaqtida ehtiyotsizlik bilan yetkazilgan zarar jinoiy javobgarlikni 
keltirib chiqarmaydi»
1

Ayni paytda yuzaga kelgan jinoiy oqibatlar yuzasidan mudofaa-
lanuvchida faqat o‘ziga ishonish yoki ehtiyotsizlik tariqasidagi aybning 
ehtiyotsiz turi bo‘lishi mumkin, qasd esa zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqishdan iborat bo‘lgan qilmishning o‘zida mavjud bo‘ladi. 
Masalan, «zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga 
og‘ir tan jarohati yetkazilganlik tajovuzchining o‘limiga olib kelsa, 
himoyalanuvchining aybi tajovuzchining o‘limiga nisbatan ehtiyotsizlik 
oqibatida yuz bergan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 107-moddasi bilan 
tavsiflanishi kerak»
2
. Yuzaga kelgan oqibatlarga nisbatan faqat aybning 
qasddan bo‘lgan shakli mavjud bo‘lishiga asoslangan ushbu masalani 
1
Ўша жойда. 
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли 
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 7-банд. 
399 


boshqacha hal etish jinoiy javobgarlik chegarasini asossiz toraytirib, JK 
vazifalari hal etilishiga yordam bermaydi. Agar zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqishda mudofaalanuvchi jinoiy oqibatlar yuzaga 
kelishi mumkinligini anglab yetgan va ularning yuzaga kelishini istagan 
yoki ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, uning harakatlari tegishlicha 
qasddan sodir etilgan mustaqil jinoyat deb malakalanishi lozim. Bunda 
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish alomatiga ko‘ra malakalash 
talab etilmaydi, lekin bu holat sud tomonidan, albatta, yengillashtiruvchi 
holat sifatida hisobga olinishi lozim.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda subyekt tomonning 
majburiy elementi mudofaalanuvchi o‘z oldiga qo‘ygan o‘ziga xos 
maqsad, ya’ni huquq bilan himoyalanadigan manfaatga tajovuzdan 
himoya qilish, bunday tajovuzga javob berish bo‘ladi. Bu maqsadning 
yo‘qligi mudofaalanuvchining harakatlarini zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqish bilan sodir etilgan deb malakalashga imkon bermaydi.
Agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning oqibatida 
tajovuzchining o‘limi yuz bersa yoki unga og‘ir tan jarohati yetkazilsa, u 
holda mudofaalanuvchi mos holda JK 100- va 107-moddalari bo‘yicha 
jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. JK ning ushbu moddalari bo‘yicha 
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishda malakalash, shuningdek, u 
yoki bu jinoyatning malakalovchi alomatlari mavjud bo‘lganda ham 
o‘tkazilishi lozimligini unutmaslik lozim. Jumladan, «zaruriy mudofaa 
chegarasidan chiqib odam o‘ldirish Jinoyat kodeksi 97 - moddasi
2-qismining «a, b, d, j, r, s» bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda sodir etilgan 
hollarda ham Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan tavsiflanishi lozim»
1
va JK 107-moddasi bo‘yicha ham shunday malakalanish o‘tkazilishi kerak. 
Tergov va sud organlari, shuningdek, «zaruriy mudofaa chegarasidan 
chiqib, sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish, qasddan og‘ir yoki o‘rtacha 
og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarini kuchli hayajonlanish holatida yuz 
bergan odam o‘ldirish, og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari yetkazish 
jinoyatlaridan farq qila bilishlari kerak. Bu yerda shuni nazarda tutish 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоий хавфли 
тажовузлардан зарурий мудофаа ҳуқуқини таъминловчи қонунларнинг судлар томонидан қўлланилиши 
ҳақида»ги 39-сонли қарори, 9-банд. – 79-б.
400 


kerakki, kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida sodir etilgan jinoyatlarda 
jabrlanuvchiga zarar yetkazish himoyalanish maqsadida bo‘lmaydi, 
demak, zaruriy mudofaa holatida ham yuz bermaydi. Bundan tashqari, 
jabrlanuvchining xatti-harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan ruhiy 
hayajonlanish jinoyatlari (Jinoyat kodeksining 98-, 106-moddalari) xuddi 
shunday hayajonlanish ta’siri ostida vujudga keladi, zaruriy mudofaa 
chegarasidan chiqib sodir etilgan jinoyatlar uchun esa bunday belgi 
bo‘lishi shart emas. 
Agar himoyalanuvchi to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish 
oqibatida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqsa, ayblanuvchining harakati 
Jinoyat kodeksining 100- yoki 107-moddalari bilan tavsiflanishi kerak»
1

Shaxsning harakatlarida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish 
malakalanganda huquqni muhofaza qilish organlari faqat umumiy 
ifodalash bilan cheklanmasligi lozim. Zaruriy mudofaa chegarasidan 
chetga chiqish mavjudligi to‘g‘risidagi xulosa ishning muayyan holatlariga 
asoslanishi lozim, bunda «himoyaning hujum xarakteri va xavflilik 
darajasiga butunlay nomuvofiq ekanligini anglatuvchi»
2
xulosa, albatta, 
ko‘rsatilishi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin